O’zbekiston Mustaqilligining 28 yilligi keng nishonlandi

Kecha 31 avgust kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O’zbekiston Mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi.

1261691
O’zbekiston Mustaqilligining 28 yilligi keng nishonlandi

 

 

Kecha 31 avgust kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O’zbekiston Mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston xalqini va tadbir ishtirokchilarini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi.

Shavkat Mirziyoyev o’z tabrik nutqida O’zbekistondagi demokratik jarayonlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.

“Bugun bir fikrni qat'iyat bilan ta'kidlashni zarur, deb bilaman: O‘zbekistondagi demokratik jarayonlar endi orqaga qaytmaydigan darajada muqarrar tus oldi. 

Biz mana shu yorug‘ kunlar uchun kurashib, jon fido etgan ota-bobolarimizning haqqi-hurmati, 33 millionlik xalqimizning haqqi-hurmati, bizga umid va ishonch ko‘zi bilan boqib turgan bolalarimiz, nabiralarimizning haqqi-hurmati – mustaqillik va istiqlol yo‘lidan hech qachon qaytmaymiz!

O‘z maqsadlarimizga albatta yetamiz – kelajagi buyuk O‘zbekistonni barchamiz birgalikda barpo etamiz!”,-deb aytgan Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmonlariga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan bir guruh fuqarolar va mamlakat bilan samarali hamkorlik qilib kelayotgan xorijliklar faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi.

31 avgust kuni Ko‘ksaroyda yuksak mukofotlarni o’z egalariga topshirish marosimi bo‘lib o’tdi.

Prezident yig‘ilganlarni, ularning timsolida joylarda davlat mukofotlarini qabul qilib olayotgan barcha fuqarolarni muborakbod etdi.

Mukofotlanganlar yuksak e'tibor uchun davlat rahbariga minnatdorlik bildirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31 avgust kuni erta tongda marosim oldidan Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurib, qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi. 

Qur'on tilovat etilib, xalqning ozodligi uchun jonini fido qilgan insonlar haqqiga duo qilindi. An'anaga ko‘ra, xalqqa osh tortildi.
O’zbekiston Mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan mamlakatda 3 kunlik rasmiy dam olish e’lon qilindi.

 

 



Aloqador xabarlar