Turkiyadan olingan "Ejder Yalçın" mashinalari O'zbek qurolli kuchlari tomonidan foydalanila boshladi

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilning oktabr oyidagi Turkiyaga bo’lgan tashrifi chog’ida, “Ejder Yalçın” zirhli mashinalarining ikki mamlakat o’rtasida O’zbekistonda ishlab chiqarilishi va olinishi haqida kelishib olingandi.

1250552
Turkiyadan olingan "Ejder Yalçın" mashinalari O'zbek qurolli kuchlari tomonidan foydalanila boshladi
Ejder Yalçın 2.jpg
Ejder Yalçın 3.jpg

Turk zirhli jangovar tashuvchi “Ejder Yalçın” mashinasi O’zbekiston Qurolli kuchlari tomonidan foydalanila boshlaganligi ma’lum qilindi.

O’zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra poytaxt Toshkent yaqinlaridagi Chirchiq poligonida uyushtirlgan marosimda, Turk zirhli jangovar tashuvchilari, harbiy qismlarga topshirilgan.

Marosimda O’zbekiston Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonovning qurol-aslaha va qurollanish bo’yicha o’rinbosari polkovnik Oybek Ismoilov, O’zbekiston Mudofaa sanoati davlat qo’mitasi bosh direktori Qahramon Ermatov va boshqa o’zbek harbiy yetakchilar ham ishtirok etgan.

Unda nutq so’zlagan o’zbek harbiy yetakchilar, ko'p funktsiyali va tez harakat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan “Ejder Yalçın” zirhli jangovar tashuvchi mashinaning, O’zbekistonning harbiy kuchiga-kuch qo’shishiga xizmat qilishini ta’kidlagan.

Zirhli jangovar tashuvchilardan foydalangan o’zbek askarlar ham Turkiyada ishlab chiqarilgan harbiy vositadan xursand ekanliklarini ifoda etgan.

Aytib o’tish joizki O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilning oktabr oyidagi Turkiyaga bo’lgan tashrifi chog’ida, “Ejder Yalçın” zirhli mashinalarning ikki mamlakat o’rtasida O’zbekistonda ishlab chiqarilishi va olinishi haqida kelishib olingandi.

 

 



Aloqador xabarlar