Atambayev, xavfsizlik kuchlariga taslim bo'lmadi

Qirg’iz xavfsizlik kuchlari mamlakatning sobiq Prezidenti Almazbek Atambayevni nazorat ostiga olish uchun uyiga qurolli bosqin uyushtirar ekan Atambayev ularga taslim bo’lmadi.

1250041
Atambayev, xavfsizlik kuchlariga taslim bo'lmadi
atambayev operasyon1.jpg
atambayev operasyon2.jpg
atambayev operasyon3.jpg

Qirg’iz xavfsizlik kuchlari mamlakatning sobiq Prezidenti Almazbek Atambayevni nazorat ostiga olish uchun uyiga qurolli bosqin uyushtirar ekan Atambayev ularga taslim bo’lmadi.  

Noqonuniy harakat ayblovlari tufayli daxlsizligi bekor qilingan Atambayevni nazorat ostiga olish uchun kecha kechqurun uyiga amaliyot uyushtirish ishlari boshladi.

Atambayevning tan soqchilari xavfsizlik kuchlariga qarshilik ko’rsatar ekan, sobiq prezidentni yoqlovchilar esa uyini himoya ostiga oldi.

Atambayev, xavfsizlik kuchlariga taslim bo’lmadi.

Milliy Xavfsilik qo’mitasi qoshidagi Maxsus topshiriqli guruh bilan ichki qo’shinlar amaliyotni yarim qoldirib, Atambayev yashagan Chuy viloyatining Alamudun tumaniga qarashli Koy-Tash qishlog’ini tark etdi.

Qishloqdagi Ichki Ishlar vaziri o’rinbosari Kursan Asanovning qayd etishicha, politsiya vaziyatni nazorat ostiga olgan.

Asanov shuningdek,

“Bularning hammasi muloqat yo’li orqali hal qilinadi. Buning uchun kerakli ishlarni amalga oshirmoqdamiz” degan.

Shu bilan birga Atambayevning qo’llab-quvvatlaguvchilari ekanligini iddio etgan ko'pchilik yoshlar bilan qishloqning kirish va chiqishlarida xavfsizlik uchun chora-tadbir ko’rayotgan politsiya xodimlari o’rtasida toshlar va tayoqlar orqali to’qnashuv kelib chiqqan.

Ichki Ishlar vaziri o’rinbosari Asanov, qishloqning kiraverishidagi yoshlarning tarqalishini talab qildi. Yoshlar bunga qarshi, Atambayevning uyiga borishlariga ruxsat berilishini so’radi.

Shuningdek Koy-Tash qishlog’idagi mamlakatning eng yirik harbiy kazarmalaridan ko’plab zirxli vosita bilan askarlarni tashigan yuk tashuvchi mashinalarning poytaxt Bishkek tomon yo’l olganligi kuzatildi.

Koy-Tash qishlog’idagi uyidan telefon orqali xalqqa xitob etgan Atambayev, shaxsini qo’llab-quvvatlaganlarga chuqur minnatdorchilik bildirdi. Politsiya xodimlariga yozma ravishda ifoda berishni xohlaganligini yana bir bor takrorlagan Atambayev, o’z so’zini:

“Sizga shuni aytmoqchimanki, hukumat konstitusiyaga amalga qilmay meni nazorat ostiga olishni xohladi. Kechqurun qurollari bilan keldilar. Avval plastik o'qdan, keyin esa haqiqiy o'qdan foydalandilar. Judayam achinarli va uyatli vaziyat. Atambayev terrorist emasdir. Meni qo’llab-quvvatlash maqsadida kelgan yurttoshlar ham terrorist emaslar. Hukumat, o’z xalqiga o’q uzdi. Buni bas qilishini xohlayman” deya davom ettirdi.

Sog’likni saqlash vazirligi tomonidan berilgan bayontga ko’ra amaliyot chog’ida tan jarohati olganlar soni 45 nafarga yetgan.

Ulardan Chuy viloyati, Milliy politsiya idorasi rahbari Samat Kurmankulovning komaga kirganligi va ahvolining og’ir ekanligi ifoda etildi.

Og’ir tan jarohati olgan 22 yoshidagi xavfsizlik xodimi esa kasalxonada jon bergan.

Aytib o’tish joziki Qirg’izistonda 2011-yildan 2017-yilgacha prezidentlik qilgan Atambayev, o’z vazifasini Sotsial-demokratik partiyasidan Sooronbay Jeenbekovga topshirgandi.

Atambayev endilikda Markaziy isitish idorasi va tarix muzeyining modernizatsiyasi, ko'mir sotib olish bo'yicha tender, jinoiy rahbar Aziz Batukayevning ozod etilishi, yer sotib olish va qurilish uchun qishloq xo'jaligi yerlarini ochish kabi turli masalalar ustidan ayblanmoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar