O‘zbekiston ilk bor BMT Bosh Assambleyasi 74-sessiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga saylandi

Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi 73-sessiyasi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

1213971

Unda O‘zbekiston ilk bor Bosh Assambleyaning navbatdagi 74-sessiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga saylandi.

O‘zbekiston bilan bir qatorda BMT Bosh Assambleyasi 74-sessiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga Indoneziya, Ummon, Singapur, Turkiya va Xorvatiya kabi davlatlar vakillari ham saylandi.

Rais o‘rinbosarlarining asosiy vakolatlari doirasiga rais ishtirok etmagan taqdirda Bosh Assambleya yalpi majlislarini ochib berish va yopish, yalpi majlislarda muhokamalarni boshqarish, majlislar davomida tartibni saqlash, xususan, tashkilotga a’zo davlatlarga so‘z berish, ovoz berishga savollar kiritish, shuningdek, ular bo‘yicha yechimlarni e’lon qilish kabilar kiradi

Aloqador xabarlar