Kiprlik liderlar Elizabeth Speharning qarorgohida uchrashuv o’tkazadi

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Mustafa Akinji bilan Kiprning grek tomoni lideri Nikos Anastasiadis 26-fevral kuni uchrashuv o’tkazadi.

1141813

Prezidentlik apparati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra liderlarning uchrashuvi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining Kipr masalalari bo’yicha maxsus vakili va Kiprdagi BMTning tinchlikparvar kuchlari missiyasi yetakchisi Elizabeth Speharning qarorgohida norasmiy ravishda, mahalliy vaqt bilan soat 10:30 da boshlaydi.

ShKTR Prezidenti Akinjining o’z vazifasini boshlashi ortidan BMT Bosh kotibining Kipr masalalari bo’yicha maxsus vakili Espen Barth Eidening o’rtamchiligida, 2015-yilning may oyida takror boshlagan muzokaralar doirasida, 2017-yilning iyul oyida, Shveytsariyaning Krans-Montana shahrida olib borilgan Kipr konferentsiyasidan hech qanday natija olinolmagandi.  

Muzokaralar “Iqtisodiyot”, “Yevropa ittifoqi”, “Mulk”, “Boshqaruv- Kuch almashish”, “Tuproq” va “Xavfsizlik va Kafolatlar” degan olti boshqa masaladan iborat edi.

Kiprda liderlar oxirgi marotaba 2018-yilning 26-oktabri kuni Speharning mezbonligida uchrashgan.

Aloqador xabarlar