O'zbekistondan xabarlar 52-qism

Osiyo Jurnalistlar Uyushmasi O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni "Osiyoda yil odami" deb e`lon qildi.

1112617
O'zbekistondan xabarlar 52-qism

Osiyo Jurnalistlar Uyushmasi O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni "Osiyoda yil odami" deb e`lon qildi.

Bosh qarorgohi Seulda joylashgan Osiyo Jurnalistlar Uyushmasi O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni 2018 yilda "Siyosat" yo`nalishida "Osiyoda yil odami" deb e`lon qildi.

G`oliblar nomlari uyushma a`zolari va har bir mintaqa vakili tomonidan berilgan baholar va tavsiyalardan so`ng maxsus xa`yat a`zolari tomonidan e`lon qilindi.

O`zbekiston prezidentining Markaziy Osiyo davlatlari o`rtasida tinchlik va o`zaro aloqalarni o`rnatishdagi sa`y-harakatlari e`tirof etildi.

"2016 yil dekabrida prezidentlikka saylangan vaqtdan buyon u iqtisodiyotni ochish va inson huquqlarini yaxshilash uchun islohotlar o`tkazdi, siyosiy mahbuslarni ozod qildi",  deya ma`lum qilinadi Osiyo jurnalistlar uyushmasi xabarida.

G`oliblar qatoridan LG Group faxriy raisi Ku Bon Mu, taniqli misrlik kardioxirurg Magdi Xabib Yakub va futbol bo`yicha Vetnam terma jamoasi murabbiyi Pak Xan Solar xam o'rin olgan.

Taqdirlash marosimi Osiyo jurnalistlar uyushmasi Bosh Assambleyasida 2019 yilning bahorida o`tkaziladi.         

O'zbekistonda erkin iqtisodiy zonalar takomillashtiriladi.

Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi prezident farmoni qabul qilindi.

Shavkat Mirziyoyev "Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi prezident farmonni imzoladi.

Farmon bilan erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini joylashtirishning sharti sifatida faoliyat boshlaganidan keyin ikkinchi moliyaviy yili yakunlariga ko`ra ikki yil davomida yillik ishlab chiqarilgan mahsulotning 25 foizidan kam bo`lmagan, keyingi yillarda 50 foizdan kam bo`lmagan miqdorda eksport qilish belgilandi.

Mazkur shartlar bajarilmagan taqdirda, tadbirkorlik sub`ektining erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi maqomi hamda avval taqdim etilgan imtiyozlar bekor qilinadi.

Erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilariga berilgan bojxona imtiyozlari faqat erkin iqtisodiy zonalar hududida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga nisbatan tadbiq etiladi.

Farmon bilan erkin iqtisodiy zonalar direktsiyalariga o`z hududlarining bosh rejalari va arxitektura-rejalashtirish ishlarini ishlab chiqishda buyurtmachi sifatida ishtirok etish huquqi berildi.

2019 yilda erkin iqtisodiy zonalarning avtomobil yo`llari, suv ta`minoti va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish va ta`mirlash bo`yicha "Yo`l xaritasi" tasdiqlandi.

Farmonga ko'ra, shuningdek, 2019 yil 1 martga qadar "Maxsus iqtisodiy zonalar to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi, 2019 yil 1 aprelga qadar "Erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish kontseptsiyasi" loyihasi ishlab chiqiladi.         

O`zbekiston tarixda ilk bor suveren kredit reytinglarini oldi.

Fitch va Standard & Poor’s xalqaro reyting agentliklari O`zbekistonga barqaror prognozli "BB-" reyting darajasini berdi.

Dastlab Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi O`zbekistonga xorijiy va milliy valyutada "BB-" darajada uzoq muddatli defolt eminenti, qisqa muddatli "B" reytingini berdi.

Fitch tahminlariga ko'ra, mamlakat iqtisodiyoti 2018 yilda 5 foizga, 2019 yilda esa 4,9 foizga o`sadi. 2020 yilda o`sish ko`rsatkichi 5,3 foizga etadi.

O`sish davlatning strategik loyihalarga investitsiya kiritishi, turar-joy va infratuzilmalar uchun xarajatlari hisobidan ta`minlanadi.

Fitch shuningdek, inflyatsiya darajasi 2018 yilda 17,9 foizni tashkil etib, 2019 yilda 16,8 foiz va 2020 yilda 14 foizgacha kamayib borishini kutmoqda.

O'tgan xaftada shuningdek, Standard & Poor’s reyting agentligi ham O`zbekistonga xuddi shunday "BB-" reyting darajasini berdi.

S&P tahlilchilarining fikricha, 2016 yilda hokimiyatga Shavkat Mirziyoyev kelganidan boshlab iqtisodiyotni ochish va uning kelgusida o`sishini ta`minlash uchun qator iqtisodiy va institutsional islohotlarni boshladi.

Standard & Poor’s, 2021 yilgacha bo`lgan muddatda  O`zbekistonning real Yalpi İchki Mahsulot hajmi xizmat ko`rsatish, sanoat va foydali qazilmalar sohalaridagi o`sish hisobiga o`rtacha 5 foizdan oshishini kutmoqda.        

O`zbekiston delegatsiyasi Pan Gi Mun bilan uchrashib, Orol fojiasi muammosi masalasini muhokama qildi.

O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari Ilhom Ne`matov boshchiligidagi delegatsiya, o'tgan xaftada Birlashgan Millatlar Tashkiloti sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun rahbarlik qilayotgan Yashil taraqqiyot global instituti va Moslashuv bo`yicha global komissiya bilan hamkorlik o`rnatish masalalarini muhokama qilish maqsadida Koreya Respublikasiga tashrif buyurdi.

O'zbekiston Tashqi İshlar Vazirliği xabariga ko`ra, O'zbekistonn delegatsiyasi Pan Gi Mun bilan Seul shahrida o`tkazilgan uchrashuvda Orolbo`yi mintaqasidagi ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat to`g`risida fikr almashdi.

Pan Gi Mun, Orol inqirozining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish bo`yicha O`zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi va prezident Shavkat Mirziyoyevning xalqaro hamjamiyatning mazkur muammoga diqqatini yanada ko`proq jalb qilish va uni echish uchun donorlik yordamlarini safarbar qilishga qaratilgan xalqaro tashabbuslarini qo`llab-quvvatladi.

O'zbekiston delegatsiyasi Yashil taraqqiyot global instituti shtab-kvartirasiga ham tashrif buyurib, mazkur tashkilot faoliyatining asosiy yo`nalishlari bilan tanishdi.

O`zbekistonning Koreyadagi Elchixonasi ko`magida tashkil etilgan taqdimotda esa Yashil taraqqiyot global instituti mutaxassislari Orolbo`yidagi holat bilan atroflicha tanishtirildi.

Tadbirda aniq loyihalar asosida, jumladan xalqaro donorlik tuzilmalarining moliyaviy-texnik ko`magini jalb qilish orqali Orol fojiasi hududidagi ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash bo`yicha hamkorlikning istiqbolli yo`nalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda shuningdek, mavjud vaziyatni joyning o`zida o`rganish va taqdim qilingan loyihalarni amaliy jihatdan hayotga tatbiq qilish uchun Yashil taraqqiyot global instituti mutaxassislarining mamlakatga tashrifini tashkillashtirish to`g`risida kelishuvga erishildi.

         

 



Aloqador xabarlar