O'zbekiston fuqarolari Turkiyada 90 kungacha vizasiz qolishi mumkin

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an tomonidan imzolangan 327-sonli qaror 10 noyabr kuni rasmiy gazetada e’lon qilindi.

1086027
O'zbekiston fuqarolari Turkiyada 90 kungacha vizasiz qolishi mumkin

 

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an tomonidan imzolangan 327-sonli qarorga ko‘ra, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolik pasportiga ega bo'lgan shaxslarning Turkiya Respublikasiga sayohatlari uchun har 180 kun ichida 90 kundan oshmagan qayd bilan 30 kun bo‘lgan vizasiz rejim, 90 kungacha uzaytirildi.

Mazkur qarorga binoan, O’zbekiston Respublikasi pasporti egalariga 90 kunga qadar Turkiya hududida vizasiz harakatlanish imkoni berildi.

Bu qarorgacha O‘zbekistonlik fuqarolar faqat diplomatik pasportga ega bo‘lsagina Turkiyada 90 kungacha vizasiz qolishlari mumkin edi.

Bungacha Turkiyada Markaziy Osiyo davlatlaridan faqat Qirg‘iziston uchun 90 kunlik vizasiz rejim amal qilib kelayotgan edi. Turkmaniston uchun vizasiz rejim hozircha 30 kunligicha saqlanib qolmoqda.

Mazkur qaror 10 noyabr kuni rasmiy gazetada e’lon qilindi.



Aloqador xabarlar