O’zbekiston va Ozarbayjon harbiy hamkorlik masalasida kelishib oldi

Abdusalom Azizov, MDH Mudofaa vazirlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurgan Ozarbayjon Mudofaa vaziri Zakir Gasanov bilan uchrashuv o’tkazdi.

1067607
O’zbekiston va Ozarbayjon harbiy hamkorlik masalasida kelishib oldi

O’zbekiston va Ozarbayjon mudofaa vazirlari o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuv yakunida 2019-yil davomida harbiy hamkorlik to’g’risidagi ikki tomonlama rejalarga qo’l qo’yildi.

O’zbekiston Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati tomonidan shu haqida berilgan bayonotga ko’ra Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi Mudofaa vazirlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurgan Ozarbayjon Mudofaa vaziri Zakir Gasanov bilan uchrashuv o’tkazgan.

Azizov bilan Gasanov ikkala mamlakat o’rtasidagi harbiy va harbiy ta’lim sohalaridagi hamkorlik va perspektivalar bilan birga harbiy-texnik masalalarining yana-da rivojlantirilish yo’llarini qo’lga olgan.

Uchrashuv yakunida ikkala mamlakat mudofaa vazirlari o’rtasida 2019-yil davomida harbiy hamkorlik to’g’risidagi ikki tomonlama rejalarga qo’l qo’yilgan.

Azizov shuningdek Belarus Mudofaa vaziri Andrey Ravkov bilan ham uchrashuv o’tkazgan.

Ikkala mamlakat o’rtasidagi harbiy va harbiy ta’lim sohalaridagi hamkorliklarning rivojlantirilishi baholangan uchrashuv ortidan, ikkala mamlakt mudofaa vazirlari o’rtasida ham 2019-yil davomida harbiy hamkorlik to’g’risidagi ikki tomonlama rejalarga qo’l qo’yilgan.

Reja, O’zbekiston va Belarus o’rtasidagi mushtarak harbiy mashg’ulotning yo’lga qo’yilishini ko’zda tutgan.

 

 



Aloqador xabarlar