Turkiyada saqlanayotgan o’zbek ustalarining miniatyura asarlari O’zbekistonga sovg’a qilindi

Turkiyada saqlanayotgan o’zbek ustalarining miniatyura asarlari, O’zbekistondagi Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida namoyish etila boshladi.

1052836
Turkiyada saqlanayotgan o’zbek ustalarining miniatyura asarlari O’zbekistonga sovg’a qilindi

Turkiyaning Istanbul shahridagi To’pqopi saroyi muzeyining Turk-Islom asarlari muzeyi fondida saqlangan, O’zbekistondan yetishib chiqqan miniatyura ustalarining qimmatbaho va nodir 170 ta asarining O’zbekistonga sovg’a qilingan faksimeli nusxalari, birinchi marotaba ko’rgazmada namoyish etildi.

Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi qoshidagi Madaniyat va turizm ishlari bo’yicha maslahatchi bilan Turk Hamkorlik va koordinatisya agentligi ko’magi bilan mazkur asarlar O’zbekistondagi Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida namoyish etila boshladi.

Ko’rgazmaning ochilish marosimida ko’plab o’zbekistonlik mutaxassis va san’atshunoslar ishtirok etdi.

Turkiyaning Toshkentdagi elchisi Ahmet Bashar Shen mazkur marosimda so’zlagan nutqida, Turk-Islom madaniyatining minglab qadimiy yurti hisoblangan, Tinch okeandan Anado’lugacha davom etgan tarixiy Buyuk Ipak yo’lining qoq markazida joylashgan O’zbekistonning, qabilalar va madaniyatlarning topishishi va o’zaro birlashuvi uchun xizmat qilganligini qayd etdi.  

Ahmet Bashar Shen qadimiy madaniyatlarning vakili hisoblangan mushtarak tarix, bitta til va dinga ega bo’lgan turk va o’zbek xalqining tarix davomida bir-biriga nisbatan samimiy birodarlik hisslarini saqlab kelganligini va tarixning har bir davrida bir-birini qo’llab-quvvatlaganligini o’z so’ziga ilova etdi.

Bu tadbirning ikkala birodar xalqning madaniy boyliklarining qanchalik yaqin ekanligini ko’rsatishga imkon berganligini qayd etgan Shen bu asarlarning, Toshkent elchixonasi qoshidagi Madaniyat va turizm ishlari bo’yicha maslahatchi ko’magi bilan yo’lga qo’yilgan loyiha asosida, o’zbek mutaxassislar tomonidan Turkiyada olib borilgan faoliyatlar davomida qayd etilib, O’zbekistonga sovg’a qilinganligini ifoda etdi.

O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri o’rinbosari Kamola Oqilova ham ushbu nodir kolleksiyaning birinchi marotaba O’zbekistonda ko’rgazmaga olib chiqilishining, mamlakatning madaniy hayoti jihatidan muhim o’ringa ega ekanligini ta’kidladi.

Oqilova, oxirgi vaqtlardagi O’zbekiston bilan Turkiya o’rtasidagi munosabatlarning har tarmoqda borgan sayin rivojlanib borayotganligini eslatgan holda, buning eng ajoyib namunasining huddi mana shu ko’rgazma ekanligini qayd etdi.

Turkiya bilan madaniy tarmoqdagi faoliyatlarni davom ettirishni xohlaganliklarini eslatgan Oqilova, nomi tilga olingan asarlarning taqdimi uchun Turkiyaga minnatdorchilik bildidi.

Tadbirda shuningdek Istanbul shahridagi To’pqopi saroyi muzeyi va Turk-Islom asarlari muzeyi fondi bilan O’zbekistondagi Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

O’zbek san’atshunoslarning mazkur 15-17 asrlarga oid miniatyura asarlariga bo’lgan qiziqishi katta edi.



Aloqador xabarlar