O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShga jo'nab ketdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ertaga 16 may kuni Oq uyda Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi.

971473
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShga jo'nab ketdi

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan bugun, 15 may kuni rasmiy tashrif bilan AQShga jo'nab ketdi.

Avval xabar qilinganidek, oliy darajadagi muzokaralarda O'zbekiston – AQSh hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan. 

Vashingtonda davlat rahbarlari, shuningdek, AQSh Kongressi, Mudofaa vazirligi va Davlat departamenti hamda Jahon bankida ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazadi. 

Rasmiy tashrif yakuni bo'yicha ikki mamlakat prezidentlari "O'zbekiston va Amerika Qo'shma Shtatlari: yangi strategik sheriklik davrining boshlanishi" deb nomlangan Qo'shma bayonotni imzolashi, shuningdek, turli sohalardagi o'zaro munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar to'plamining qabul qilinishi kutilmoqda.

 



Aloqador xabarlar