O'zbekistonda “WorldFood Uzbekistan-2018” xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi

Xalqaro tadbirda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularni saqlash va qayta ishlash sohasidagi yangi texnologiyalar namoyish etiladi.

943406
O'zbekistonda “WorldFood Uzbekistan-2018” xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi

Shu yilning 4-6 aprel kunlari “WorldFood Uzbekistan-2018” xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Unda 26 davlatdan 200 ga yaqin kompaniya ishtirok etishi kutilmoqda.

“Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuida bo’lib o’tadigan tadbir oziq-ovqat sanoati sohasiga ixtisoslashgan.

Xalqaro tadbirda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularni saqlash va qayta ishlash sohasidagi yangi texnologiyalar namoyish etiladi. Shuningdek, koʻrgazma doirasida mahsulotlarni sifatlash boʻyicha tanlov ham tashkil qilinadi.

Ushbu koʻrgazmada bu yil ilk bor Belarus Respublikasi sanoatchilari ham qatnashadi. Koʻrgazma doirasida Oʻzbekiston-Belarus sanoatchilari xalqaro forumi oʻtkazilishi rejalangan.

Unda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari oziq-ovqat sanoati boʻyicha oʻzaro tajriba almashadi, savdo aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama etiladi.

“WorldFood Uzbekistan-2018” xalqaro koʻrgazmasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “Oʻzsharobsanoat” AJ, Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil etiladi.



 



Aloqador xabarlar