Ona diyor obidalari 25-

Mavzudagi maqbara O`zbekistoning Navoiy shahrida joylashgan qadimiy obidadir. XVI asrning yirik ma’naviy barkamol shayxlaridan bo`lgan, Karmanada umrguzaronlik qilgan.

869328
Ona  diyor obidalari 25-

Qosim Shayx maqbarasi 

Mavzudagi maqbara O`zbekistoning Navoiy shahrida joylashgan qadimiy obidadir. XVI asrning yirik ma’naviy barkamol shayxlaridan bo`lgan, Karmanada umrguzaronlik qilgan. XVI asr ma’naviy-siyosiy hayotida muhim o‘rin egallab, shu davr mamlakat tasavvufining yirik namoyandalaridan biri bo‘lib, u kishining ma’naviy silsilasi Xo‘ja Axmad Yassaviyga borib taqaladi.

Assalomu alaykum, Ona diyor O`zbekistonning tarixiy obidalar shahriga sayoxat etamiz.

Qosim Shayx maqbarasi: Maqbara 1571- yilda qurila boshlangan. Saqlanib qolgan yilnomalarga ko’ra, Qosim Shayx Azizon Karmanagiy(1500/1578-79 yy.) O’rta Osiyoning mashhur diniy-siyosiy rahnomalaridan bo’lib, sarhalqasi Xo’ja Ahmad Yassaviy bo’lgan.
Qosim Shayx hazratlari Movarounnahrda taxt uchun kurash davrida o’zlarining tinchliksevarlikka qaratilgan faoliyatlari bilan xalq orasida mashhur bo’lganlar.

U Samarqand, Toshkent va Turkiston harbiy kuchlaridan tuzilgan qo’shinga qarshi jangda Abdullaxon II ga yordam beradi. Qosim Shayx hazratlari harbiy harakatlarda ishtirok etganlar va oila a’zolari va xizmatkorlarini qal’a ostiga berkitganlar.
1579-yilda Qosim Shayx hazratlari noma’lum sabablar bilan vafot etganlar va xazir markaziga dafn qilinganlar. Qabrlari ustiga marmardan ishlangan ulkan dahma o’rnatilgan. Olimlarning ta’kidlashicha, maqbara hududidagi birinchi bino aynan Qosim Shayx Azizon tomonidan qurdirilgan ekan va bu bino vafotlariga qadar madrasa vazifasini o’tagan. Ushbu binodan namozgoh sifatida foydalanilganligi haqida ma’lumotlar ham mavjud. Ramazon-hayit, Qurbon-hayit bayramlarida bu yerda ommaviy namoz o’qilgan.

Qosim Shayx hazratlari vafotidan bir yil o’tgandan so’ng Abdullaxon II qabrni ziyorat qilgani keladi va o’sha yerda ma’raka o’tkazib, xazir yonida xonaqoh (ziyoratgoh) qurilishini boshlaydi. Keyinchalik Qosim Shayx qabri yoniga uning izdoshlari ham dafn qilingan.

XVI asr oxirida masjid qurilgan. Masjidning qurilishida pishiq g’ishtdan foydalanilgan. Masjid kvadrat shaklida bo’lib, katta gumbazi ham bor.

Qosim Shayx salkam 80 yoshni qarshilab turganida, vafot etadi. U kishi Karmanada dafn etilgan. 2003 yilda allomaning tavalludiga roppa-rosa 500 yil to‘ldi. Qosim Shayx Azizonga atab o‘sha davr shoiri Mushfiqiy marsiya yozgan. Qosim Shayx maqbarasida u kishi haqda yozilgan tosh bo‘lgan. Abdullaxon Qosim Shayxga atab qurdirgan maqbara toshlari ham chor mustamlakachilari tomonidan tashib ketilgan. Qosim Shayx maqbarasi yonidagi ziyoratxona ichida, mehrob yonida katta ko‘k tosh (onikis) bo‘lib, odamlar unga sig‘inganlar. Bu tosh ham Leningradga olib ketilgan. Qosim Shayx to‘g‘risidagi ma’lumotlar asrlardan asrlarga ko‘chib, bizning davrimizgacha yetib keldi. Shayx to‘g‘risidagi ma’lumotlar Xofiz Tanish al-Buxoriyning «Abdullanoma» («Sharafnomayi shohiy»), Hasan-xuja Nisoriyning «Muzakkiri ahbob», Xazrat Olim Shayx Azizonning «Ma’maot min nafaqat ul quds», Muhammad Tohir Eshon Xorazmiyning «Tazkirat ul-avliyo» («Tazkirai Tohir Eshon»), Sayid Muhammad Nosiriddinning «Tuhfat az-zoirin» asarlarida uchraydi. Muxammad Tohir Eshon «Tazkira»si Qosim Shayx to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlarni beribgina qolmay, shayx ma’naviy silsilasi davomchilari, ya’ni xalifalari haqida ham so‘z yuritadi. Ushbu me’morchilik majmuiga Qosim Shayx honaqosi, dahma ziyoratxona va Buxoro Amiri Abdullaxon qabri kiradi. Abdullaxon davrida bunyod etilgan Qosim Shayx xonaqosining sharqiy tomonida Qosim Shayx sag‘anasi bor. Sag‘ana o‘rni taxminan 5-6 metr atrofida bo‘lib pishiq g‘isht bilan terilib chiqilgan, balandligi 1,5 – 2 metr. Dinga qarshi kurash ta’sirida sag‘ana cho‘kib, xaroba holiga keltirilgan, biroq Qur’oni Karim oyatlari yozilgan marmartosh bo‘laklari hozirgacha saqlangan.

Honaqoh taxminan 15-20 yil ichida qurub bitkazilgan. Honaqoh uch tomonining tashqi ko‘rinishi kungurador qilib bezatilgan qurilmadan yasalgan. Honaqoh katta gumbazli masjid hamda o‘nta bir – biriga tutash bo‘lgan hujralar va ayvondan iborat. Honaqoh gumbazining balandligi 14 metrdan iborat. Qosim Shayx honaqosining sharqiy tomonida Qosim Shayx sag‘anasi bor. Sag‘ana marmar toshlar bilan va “Abdullaxon g‘ishti” deb ataluvchi toshlar bilan terilib chiqilib ayrim joylari Qur’oni Karim oyatlari bilan yozilgan marmar toshlar bilan qoplangan. Hozir bu toshlarning ba’zilari saqlanib qolgan. 1910-1911 yillarda Buxoro amiri Olimxon otasi Amir Abdulaxatxonning qabrini Qosim Shayx dahmasi yoniga unga monand qilib qurdirgan. Ikkinchi honaqoh Qosim Shayx honaqohidan 300 yil keyinroq qurilgan bo‘lsada yaxlit bir-biriga monand ulkan bir yodgorlik majmuasi tashkil qilingan.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ona diyor obidalari

Aloqador xabarlar