Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 50-qism

Dasturimizning bugungi sonida NATOning “Tinchlik uchun hamkorlik” dasturi va uning Qozog’iston bilan bo’lgan aloqasi haqida so’z qilamiz.

868235
Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 50-qism

Aziz dasturimiz muxlislari,   

NATOning “Tinchlik uchun hamkorlik” deb nomlangan dasturi Yevroosiyo mintaqasini ham o’z ichiga olgan muhim tashabbuslardan biridir. "Tinchlik uchun hamkorlik" (TUH) tashabbusining asosiy maqsadi "Sovuq urush" ortidan NATOga bir alternativ sifatida taqdim etilgan xavfsizlik tuzilishlarini cheklashdir. Shunga ko'ra NATO bir tomondan sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlarini o’z tarkibiga kiritishi; ikkinchi tomondan esa o'z e'tiqodlarini tarqata olishi kerak edi.

To’liq qarama-qarshilik ustidan tashkil topgan xavfsizlik tushunchasi, Sovet Ittifoqining tarqab ketishi ortidan o’z jozibasini yo’qotdi. Shuning uchun ham NATO Sovuq urush davridagi xavfsizlik haqidagi ko’z qarashini o’zgartirishga majbur bo’ldi. Sobiq Sovet ittifoqi tarkibidagi davlatlarning hammasining NATOga a’zo bo’lishi imkonsiz. Shuning uchun muammoni ikki yo’l orqali hal qilish majburiyati tug’ildi. Shu doirada TUH tashabbusi, bu dasturga sherik sifatida ishtirok etgan davlatlarni na to’laqonli NATO tarkibiga kiritdi, na NATOdan uzoqlashtirdi.

Quyidagilar TUH dasturining eng asosiy vazifalari hisoblanadi: Sharqiy Yevropa, Qora dengiz, Kavkaz-Markaziy Osiyo va Bolqon mamlakatlari bilan NATO o’rtasidagi institutsional hamkorlikni kuchaytirish va bu mamlakatlarning NATOning umumiy xavfsizlik manfaatlariga tahdid tashkil etmasligini ta’minlashdir. Shuningdek, mintaqaning xavfsizligiga ijobiy hissa qo’shishlariga vositachilik qilishdir. Bundan maqsad TUH tarkibidagi mamlakatlarning uzoq muddatda NATOning tashkil topish asosidagi qadriyatlarini qo’llab-quvvatlashidir.  Shu bilan birga, ularning doimiy tinchlik va barqarorlikning o’rnatilishiga hissa qo’shishlaridir.

Qozog’iston bilan NATO aloqasi Tinchlik uchun hamkorlik dasturi doirasida 1994-yili rasmiy ravishda boshladi. NATOning Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqa qilish vakili James Appathuraining fikricha Qozog’iston mintaqadagi hamkorlikning eng faol sherigi hisoblanadi. O’zaro hamkorlikning yo’lga qoyilishi uchun muhim mexanizmlardan biri ham 2006-yili birgalikda yo’lga qoyilgan ikki yillik Individual sheriklik va hamkorlik dasturidir. NATO bu dastur orqali Qozog’istonning muayyan ehtiyojlari va ustuvorliklariga ko’ra yordam berish imkonini qo’lga kiritmoqda. Shuningdek mamlakatning mudofaa va xavfsizlik tarmoqlariga ham hissa qo’shmoqda.

Qozog’iston 1995-yildan buyon Tinchlik uchun hamkorlik dasturi doirasida mudofaa islohoti, harbiy muassasalar o’rtasidagi hamkorlik, fuqarolar bilan harbiylar o’rtasidagi munosabatlar, fuqarolik favqulodda rejalashtirish va falokatlarga qarshi kurash, ta'lim, o'quv va ilmiy hamkorlik kabi bir necha loyiha tadbirida ishtirok etdi. Mudofaa va xavfsizlik tarmog’i isloxoti doirasida NATO Qozog’istonning Mudofaa va Qurolli kuchlar Vazirligining institutsional isloxot jarayonida katta tajriba qozonishiga imkon berdi.

Olmaotada 2008-yilning iyul oyida TUH dasturining Qozog’istondagi o’quv markazi ochildi. Ushbu o’quv markazi 2010-yilning dekabr oyida NATO tomonidan Hamkorlik doirasidagi o’quv markazi sifatida akkreditatsiya qilindi. Markazning eng asosiy maqsadi NATOga a’zo va sherik davlatlardan harbiy qismlar doxil tinchlik kuchi amaliyotlarida ishtirok etish uchun maqul harbiy xodimlar yetishtirishdir.

NATO-Qozog’iston hamkorlik sohalaridan biri ham xalqaro miqyosda terrorizmga qarshi kurash olib borishdir. Qozog’iston, Terrorizmga qarshi kurash hamkorligi rejasining bir bo’lagi hisoblanadi. Qozog’iston bu rejaning bir bo’lagi sifatida NATO bilan shu doiradagi ma’lumot va analizlar natijasini almashib turadi. Terrorizmga qarshi kurash tajribasini orttirib, chegara xavfsizligini kuchaytirmoqda.

Xulosa qilib aytganda NATOning Tinchlik uchun hamkorlik dasturi doirasida olib borilgan hamkorligi Qozog’iston uchun turli foydalar taqdim etmoqda. TUH Qozog’istonning terrorizm, diniy ekstremizm, etnik nizolar, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar kontrabandasi, ommaviy qirg'in qurollari tarqalishi va boshqa muammolarga qarshi kurash olib borishiga yordam beradi. Ma’lum bo’lganidek Qozog’iston NATOga to’laqonli a’zo bolish niyatida emas. Lekin Qozog’iston uchun NATO bilan institusional hamkorlik alohida o’ringa ega. Chunki bu hamkorlik faqatgina Qozog’istonning harbiy kuchiga-kuch qo’sish bilan cheklangan emas desak mubolag’a bo’lmaydi. Ayni vaqtda mintaqaviy barqarorlikni orttirmoqda. Markaziy Osiyoda xavfsizlik tarmog’idagi hamkorligini kuchaytirib, yirik qo’shni kuchlarining Markaziy Osiyoga qaratilgan tashqi nizolarini yengillashtirmoqda.   

Tinchlik uchun hamkorlik dasturi orqali NATO o’z harbiylari standarti asosida faoliyat olib bora oladigan va harbiy amaliyotlarlarda ishtirok eta oladigan davlatlar halqasi tashkil etmoqda. Undan tashqari sherik davlatlar o’zining harbiy modernizatsiya rejalariga erishish imkonini qo’lga kiritmoqda. Qozog’istonning NATO bilan o’z hamkorligini rivojlantirishi Turkiya Respublikasi uchun ham albatta muhimdir. Qozog’istonning NATO bilan bo’lgan hamkorlik saviyasi ortgan sayin bundan Qozog’iston-Turkiya hamkorligi ham yana-da mustahkamlanadi. Bu vaziyat Qozog’iston-Turkiya munosabatlarini yana-da a’lo darajaga olib chiqadi.  

Aziz dasturimz kuzatuvchilari Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi doktor Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 



Aloqador xabarlar