Turk olamidan xabarlar 50-qism

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Turkiya Respublikasi fuqarolari uchun viza jarayonlarini soddalashtirish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

866573
Turk olamidan xabarlar 50-qism

 

                          

Birinchi xabarimiz Qozog’istondan olingan.

TURKSOY 2018 yilni ozarbayjonlik bastakor Gara Garaliyev, qozoq milliy shoiri Mag’jan Jumaboyev va qirg’iz yozuvchi Chingiz Aytmatovni xotirlash yili deb e’lon qildi.

Qozog’istonda o’tkazilgan TURKSOY doimiy kengashining 35-sessiyasida bu haqda qaror qabul qilindi.

Xulosada turkiyzabon davlatlar hamkorligi kengashi va  turkiy tildagi mamlakatlar Parlament assambleyasi kabi qardosh tashkilotlarning mutahassislari to’planib, maxsus komissiya tuzilishi, bu komissiya tomonidan kiritilgan o’zgartirishlar navbatdagi turkiyzabon davlatlar hamkorligi kengashida imzolanishi qarorlashtirildi.

“TURKSOY-2018” faoliyat dasturi tasdiqlangan tadbirda TURKSOY direktori Dusen Kaseinov bir ovozdan 2017-2020 yillarga takror direktor etib tayinlandi.

Tadbirda Kastamonu shahri Turk dunyosi madaniyat poytaxti deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan TURKSOY doimiy kengashining 36-sessiyasini Kastamonuda o’tkazishga qaror berildi.

 

O’zbekiston-Afg’oniston munosabatlarida yangi sahifa ochildi.

Kuni kecha Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani davlat tashrifi bilan O’zbekistonda bo’ldi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani hamda ikki davlat delegatsiyalarining Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralari yakunlari bo‘yicha 20 ta hujjat imzolandi.

Davlat rahbarlari Qo‘shma bayonotni ham qabul qildi.

Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston rahbarining O‘zbekistonga tashrifini tarixiy hodisa deb atab, endilikda o‘zaro tashriflar ko‘proq bo‘lishiga ishonch bildirdi.

“Hamkorligimizning dolzarb mavzulari ko‘rib chiqildi. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar, xususan, terrorizm, ekstremizm va narkotrafikka qarshi kurash, Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tomonlar O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida xavfsizlik sohasida hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komissiya tashkil etish to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladi. O‘zbekiston Prezidentining ta’kidlashicha, mazkur komissiya ikki davlat rahbarlariga tavsiya va takliflar taqdim etish vakolatiga ega bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida Afg‘oniston konsulxonasini ochish to‘g‘risidagi kelishuvga erishilganini ham ma’lum qildi.

Muzokaralarda asosiy e’tibor transport va energetika infratuzilmalarini rivojlantirishga qaratildi.

“Surxon-Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasini qurish loyihasi O‘zbekiston mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Biz, shuningdek, “Mozori Sharif-Shibirg‘on-Maymana-Hirot” temir yo‘lini barpo etish bo‘yicha bitimni ham imzoladik", — deya ma’lum qildi O‘zbekiston Prezidenti.

Mazkur hujjatlarni ishlab chiqishni tezlashtirish uchun maxsus komissiya tashkil etilib, o‘zbek va afg‘on tomonidan mutasaddi shaxslar belgilandi.

Muhammad Ashraf G‘ani O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorchilik bildirib, Shavkat Mirziyoyevni Prezident lavozimiga saylanganiga bir yil to‘lishi munosabati bilan tabrikladi.

Muhammad Ashraf G‘ani O‘zbekistonning mintaqaviy hamkorlik, jumladan Afg‘oniston bilan aloqalar bo‘yicha pozitsiyasini qabul qildi.

Afg‘oniston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Afg‘onistonga rasmiy tashrif bilan borishga taklif qildi.

Afg‘oniston prezidentining O’zbekistonga tashrifi doirasida umumiy qiymati 500 mln dollardan ortiq bo’lgan 40 dan ziyod eksport shartnomalari imzolandi.

 

Dasturimizni O’zbekistondan olingan xabar bilan yakunlamoqchimiz.

O‘zbekiston Turkiya fuqarolari uchun viza olish jarayonini soddalashtirdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Turkiya Respublikasi fuqarolari uchun viza jarayonlarini soddalashtirish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Mazkur hujjat O‘zbekistonga ish va sayyohlik maqsadida kelayotgan turk fuqarolariga viza rasmiylashtirish jarayonini takomillashtirish hamda yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

O’zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbari Aziz Abdulhakimov, Samarqand hokimligi raisi Turobjon Jo’rayev, O’zbekiston havo yo’llari kampaniyasining direktori o’rinbosari Umidjon Husanov, O’zbekiston tashqi ishlar vazirligi Samarqand konsullik xizmati rahbari Zafar Muhtorov,  Turkiyaning O’zbekistondagi elchixonasi turizm maslahatchisi Jasim Chalabiy bilan Turkiya va O’zbekistondan qator ommaviy axborot vositalari xodimlari Samarqand shahrida to’plandi.

O’zbekiston tashqi ishlar vazirligi Samarqand konsullik xizmati rahbari Zafar Muhtorov ikki davlatning turizm sohasidagi salohiyatiga ishonch hosil qilganini bildirib, Turkiya fuqarolariga muddati bir yilgacha bo‘lgan ko‘p martali vizalar mamlakatning xorijdagi muassasalari tomonidan uch ish kuni davomida rasmiylashtiriladi.

 “Viza xizmati yana ham qulaylashtiriladi”,-degan Muhtorov ayni paytda viza uchun to’lovlar ham pasaytirilishini bildirdi.

O’zbekiston havo yo’llari Istanbulga har kuni reys amalga oshirar ekan, Turk havo yo’llari mart oyidan e’tiboran Samarqand shahriga ucha boshlaydi.



Aloqador xabarlar