O'zbekistonda Turkiyaning Kale xoldingi o'z filialini ochdi

2 dekabr kuni Toshkent shahrida Kale kompaniyasining O'zbekistondagi filialini tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

861101
O'zbekistonda Turkiyaning Kale xoldingi o'z filialini ochdi

“Kale” nomli Turkiyaning dunyoga mashhur, zamonaviy keramik kafellar va santexnika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyasi O’zbekistonning poytaxti Toshkent shahrida o’z filialini ochdi.

2 dekabr kuni Toshkent shahrida Kale kompaniyasining O'zbekistondagi filialini tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda mehmonlar kompaniya haqida maxsus taqdimotni tomosha qilib, Kale Gallery shourumining ochilishiga guvoh bo'lishdi. 

Kale xoldingi xalqaro miqyosdagi korporatsiya bo'lib, Yevropada ishlab chiqariladigan keramik plitalar bo'yicha uchinchi “Eng yirik kompaniya” deb e’tirof etilgan.

Bugungi kunda xolding tarkibida 17 kompaniya mavjud bo'lib, ularda 5 mingdan ortiq xodimlar faoliyat olib boradi.

Kale Group o'z mahsulotlarini dunyoning 100dan ortiq mamlakatlariga eksport qiladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Kale , #Kale Group , #O'zbekiston , #Toshkent

Aloqador xabarlar