Qirg'izistonda Sapar Isoqov boshchiligidagi hukumat qasamyod qildi

Marosim Qirg'iziston parlamentida prezident Almazbek Atamboyev ishtirokida bo'lib o'tdi.

803492
Qirg'izistonda Sapar Isoqov boshchiligidagi hukumat qasamyod qildi

Qirg'izistonda Sapar Isoqov boshchiligidagi koalitsion hukumat qasamyod qabul qildi hamda o'z vazifalarini bajarishga kirishdi. 

Marosim Qirg'iziston parlamentida prezident Almazbek Atamboyev ishtirokida bo'lib o'tdi.

Ikki hafta oldin parlament Qirg'izistonning yangi hukumatiga ishonch bildirgan edi.

Yangi bosh vazir koalitsion hukumat tuzilmasi va dasturiga hech qanday o'zgartirishlar kiritmadi.

Mana shunday qilib, Sapar Isoqov Qirg'izistonning 28-bosh vaziriga aylandi.

Mamlakat sobiq bosh vaziri Sooronboy Jyenbekov avgust oyi oxirlarida prezidentlik saylovlarida qatnashishi tufayli o’z vazifasidan iste’fo etgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Qirg'iziston , #Sapar Isoqov , #qasamyod

Aloqador xabarlar