Turk olamidan xabarlar 25-qism

BMT Turkmanistonda o’z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda.

756191
Turk olamidan xabarlar 25-qism

 

Birinchi  xabarimiz Turkmanistondan olingan.

 BMT Turkmanistonda o’z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda.

O'rta Osiyo davlatlari bilan rasmiy uchrashuvlar olib borgan BMT bosh kotibi Antonio Guterres Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda Orol dengizining bugungi ahvoli va "iqlim o'zgarishi va ekologiyaning muhofaza qilinishi" mavzulari muhokama qilindi.

Turkmaniston hukumati bilan BMT tashkiloti bu borada hamkorlikda ishlash maqsadida vakolatxona  ochish borasida kelishib oldilar.

Turkmaniston prezidenti Berdimuhammedov aytganidek, ochilishi kutilayotgan vakolatxona vositasida Tukmaniston va BMT hamkorligida ekologiya muhofaza qilinadi va shuningdek iqlim o'zgarishi sohasida olib boriladigan ishlar rejalashtirilib, amalga oshiriladi.

Hozirgi kunda O'rta Osiyo mintaqasining eng muhim ekologiya muammolaridan biri bo'lgan Orol dengizining vaziyati bo'lib hisoblanadi. Taqriban 40 yil avval boshlangan irrigatsiya rejalari tufayli, Amudaryo va Sirdaryoning suvlari Orolga yetib bormasdanoq yo'q bo'lib ketmoqda. 40 yil avval Orol dengizinining suvi jami hajmining 10%i gacha tushib ketdi va Orol mintaqasi cho'lga aylanib bormoqda.

Bugungacha Orolni qutqarib qolish maqsadida bir qancha reja ishga tushdi va bu faoliyatlar uchun alohida fond tashkil qilindi.

Orol dengizini qutqarish bo'yicha tashkil qilingan Xalqaro fondning 2017-2019 yillari orasidagi vaqtinchalik rahbari Turkmaniston bo'lib hisoblanadi.

Turkmaniston prezidenti Berdimuhammedov, Orol dengizi muammosiga katta ahamiyat bermoqda. BMT bosh kotibi bilan bo'lgan uchrashuvdan so'ng uyushtirilgan matbuot anjumanida Orol muammosi alohida tilga olindi.

Orol dengizi havzasiga bag’ishlangan dasturning uch bosqichi tamomlanganini eslatib o'tan Turkmaniston prezidenti  Orol dengiz muammosini hal qilish uchun xalqaro fondlardan yordam olish zarur ekanligini eslatib o'tdi.

Turkmaniston hukumati ushbu mintaqadagi ekologik vaziyatning yaxshilanishi uchun BMT qoshida maxsus dastur ishlab chiqarilishi uchun o'z hissasini qo'shayotganligini aytib o'tgan Berdimuhammedov, BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengashi tomonidan o’tkaziladigan BMT 72-umumiy yig'ilishida ushbu masalani kun tartibiga olib chiqishlarini talab qildi.

 

Navbatdagi xabarimiz Ozarbayjondan olingan.

Turkiya Qurolli Kuchlari qo'mondoni general Salih Zeki Cho’lak Ozarbayjonda rasmiy uchrashuvlar o'tkazdi.

General Salih Zeki Cholak Ozarbayjon mudofaa vaziri general Zokir Hasanov bilan uchrashdi.

Ozarbayjon mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, ikki davlat vakillarining uchrashuvida nutq so'zlagan general Hasanov, Ozarbayjon bilan Turkiya orasidagi harbiy munosabatlarning o'zaro va NATO doirasida yuritilayotganligini, qolaversa ikki davlat orasidagi harbiy, teknik va harbiy-ta'lim borasidagi hamkorlikning rivojlanganligini alohida ta'kidlab o'tdi.

General Salih Zeki Cho’lak esa, Nahchivan mintaqasida bo'lib o'tayotgan ikki davlat qurolli kuchlarining maxsus harbiy mashg'uloti alohida ahamiyat kasb etayotganligini bildirib o'tdi.

Ikki davlat orasidagi munosabatlarning tarixiy jihatlari va o'zaro qardoshlik munosabatlariga asoslanganligini bayon etgan general Cho’lak, Ozarbayon Turkiyaning eng yaqin hamkori ekanligini aytib aytdi.

Ushbu uchrashuvda mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat, Ozarbayon-Turkiya qurolli kuchlari orasidagi munosabatlarning istoqboli, malaka oshirish uchun mutaxassislarning o'zaro bordi-keldi ishlarining rejalanishi, ikki davlat harbiylari bilan hamkorlikda harbiy mashg'ulotlar o’tkazish haqida fikr almashildi.

Uchrashuv so'ngida Ozarbayjon mudofaa vaziri Hasanov, ikki davlat orasidagi harbiy aloqalarning rivojlanishi yo’lida ko'rsatgan xizmatlari uchun general Cho’lakni "Harbiy aloqalarga xizmat medali bilan taqdirladi.

 

So’ngi xabarimiz O'zbekistondan olingan.

O'zbekiston va Tojikiston hukumatlari chegaralar borasida kelishib oldilar.

O'zbekiston va Tojikiston davlat mutasaddilari, ikki davlat o’rtasidagi chegaralarning aniqlanishi va mintaqada suvning taqsimlanishi borasida kelishib oldilar.

Rossiyaning e'tiborli gazetalaridan biri “Kommersant”da chop etilgan xabarda, O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sa’y-harakatlari natijasida qo'shni davlat Tojikiston bilan bo'lgan munosabatlarda ijobiy natijalar kuzatilmoqda. Buning so'nggi namunasi esa ikki davlat o’rtasidagi chegaralarning aniqlanishi haqida kelishib oldilar.

Marhum prezident Islom Karimov davrida chegaralarning noaniqligi va boshqa ba'zi xavfsizlik sabablari natijasida O'zbekiston bilan Tojikiston orasidagi chegara mintaqalariga minalar joylashtirilgan edi.

Xabarda aytilishicha, O'zbekiston va Tojikiston O'rta Osiyoning hozirgi kundagi eng dolzarb mavzularidan biri bo'lgan chegara orti suv taqsimlash masalasi bo’yicha ham o'zaro kelishib oldilar.

Tojikistonning energiya ehtiyoji uchun Vaxsh daryosida qurilayotgan "Ragun" GES'i tamomlanganida, O'zbekistonning bu daryodagi suvdan foydalanish miqdori juda ozayib ketishi kutilayotgan edi.

“Kommersant” gazetasidagi xabarga ko’ra, ikki davlat orasidagi suvning taqsimlanishida BMT qoshida amalga oshiriladigan Orol Dengizi Shartnomasi loyihasi katta yordam beradi.

Ushbu mavzu xaqida O'zbekiston parlamenti quyi palata rahbari Bo’ri Alihanov www.podrobno.uz saytiga tafsilotli ma’lumot berdi.

Rahbar Alihanovning aytishicha, ushbu loyiha BMT qoshida ishlab chiqildi.

Shartnomaga ko'ra, mintaqadagi suv manbalaridan oqilona foydalanishni rivojlantirish, ekologiyani muhofaza qilish va Orol dengizi havzasidagi ekologiya sistemasini yo’lga qo’yishni o'z ichiga olishi kutilmoqda. 


Tanlangan kalimalar: #BMT , #Turkmaniston , #Tojikiston , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar