Turk olamidan xabarlar 18-qism

Turkmanistonning poytaxti Ashxabod shahrida Turkiya va Turkmaniston o'rtasidagi munosabatlarning 25-yilligiga bag'ishlangan ilmiy konferentsiya bo'lib o'tdi.

729709
Turk olamidan xabarlar 18-qism

 

Birinchi xabarimiz Turkmanistondan olingan.

Turkmanistonning poytaxti Ashxabod shahrida Turkiya   va   Turkmaniston   o'rtasidagi   munosabatlarning   25-yilligiga bag'ishlangan ilmiy konferentsiya bo'lib o'tdi. Ashxaboddagi  Turkiya elchixonasi  va   Turkmaniston   Tashqi   ishlar vazirligi   bilan   hamkorlikda   uyushtirilgan   konferensiyada   Turkiya-Turkmaniston aloqasining o'tmishi va bugungi kundagi vaziyati muhokama qilindi, shuningdek munosabatlarning istiqboli haqida maslahatlashildi.

Konferentsiya  boshlanishidan  avval,   Turkiyaning   Ashxaboddagi   elchisi Mustafa   Kapuju   va   Turkmaniston   xalqaro   aloqalar   instituti   rektori  Baba Zahirovlar   tomonidan   ikki   o'lkaning   diplomatik   aloqalarini   tasvirlovchi  fotosurat ko'rgazmasining ochilishi bo'lib o'tdi.

Ushbu   konferentsiyada   Turkiyadan   ODTU   universiteti   xodimi Professor  Oktay  Tanrisever   va   Gazi   universiteti   xodimi Tumen Somuncuoglu, shuningdek Turkmaniston xalqaro aloqalar instituti xodimlari Altin Mahtumova va Kochmurat Atayevlar ma’ruza qildilar. Ma’ruzalarda turkman va turk xalqlari orasidagi qardoshlik va   madaniyatlarning   o'xshashligi   alohida   takidlab   o'tildi. Qolaversa, Turkmanistondagi   turk   investorlar   hamda   Avaza   turizm   mintaqasining qurilishida   turk   shirkatlarining   ro'liga   yuqori   baho   bergan   turkman ma'ruzachilar, TİKAning Turkmanistonda iqtisodiy, ta'lim- tarbiya va madaniyat sohasida ko'rsatgan faoliyatlarini taqdirladilar.

Konferentsiyaga   Ashxaboddagi   xorijiy   elchixona   vakillari,   xaqlaro aloqalar   institutining   xodimlari   va   talabalari,   shuningdek   Turkmanistonda yashayotgan   turklar va   Ashxaboddagi  Turk   anadolu   litseyi   o'quvchilari tinglovchi qatorida qatnashdilar. Konferentsiyaning   ochilish   nutqini   so'zlagan   turk   elchi   Mustafa Kapuju, Turkmanistonning 1991 yil 16 dekabr kunidagi mustaqilligini tan olgan va ortidan 1992 yil 29 fevral kuni Turkmaniston bilan diplomatik aloqalarni yo’lga qo’ygan   hamda   Ashxabodda   dastlabki   elchixonani   ochgan   davlat   Turkiya Respublikasi bo'lganligini eslatib o'tdi.

 

Tarixiy ipak yo'li madaniyat  turizmi  vositasida jonlantirilmoqchi   bo'lib   turibdi. 

  Turkiy   Xalqlar   Hamkorlik   Jamiyati tomonidan tayyorlangan  "Tarixiy ipak yo'lida   madaniyat  va   tijorat turizmini

jonlantirish"   uchun   tayyorlangan   turizm   dasturi   Turk   Jamiyati   Markazida ommaga tanitildi.

Turkiy   xalqlar   jamiyati   bosh   kotibi   Ramil   Hasanov,  ushbu   loyihani   tayyorlash   uchun   3   yil mobaynida ish olib borganliklarini alohida ta’kidlab o'tdi.

Bosh kotib Hasanovning aytishiga qaraganda, Turkiy xalqlar jamiyatiga a'zo bo'lgan Turkiya, Ozarbayjon, Qozog'iston va Qirg'iziston davlat rahbarlari ushbu   loyihani   qo'llab   quvvatlaganlar.   Shuningdek   3   yil   davomida   ushbu loyihani siyosiy jihatdan qo'llab quvvatlab, ushbu vaqt mobaynida 1 million turistni jalb qilishni maqsad qilganliklarini ham aytib o'tdi.

Tarixiy Ipak Yo'li loyihasi  doirasida  ko’plab loyihalar amalga oshirilganini aytgan Hasanov, quyidagilarni tilga oldi:"Turizm dasturi jamiyatga a'zo bo'lgan 4 davlatning birgalikda amalga oshirgan birinchi loyihasi bo'lib hisoblanadi. Ushbu loyiha asosida Yevropadan va Uzoq sharq davlatlaridan turistlarni jalb qilish ko'zda tutilgan. Ushbu turizm dasturi, sarguzashtlarga to'la bo'ladi deb o'ylaymiz",-dedi.

Madaniyat va tijorat turizmi sohasida ushbu mintaqalarda kamchilik borligini eslatib o'tgan bosh kotib Hasanov, Turkiya Bosh vazirligi va Turk havo yollarining   moddiy  yordamlari   bilan   amalga   oshirilishi   kutilayotgan   ushbu loyiha orqali, tarixi bir bo'lgan qardosh davlatlar orasida ham ko'ngil ko'prigi qurishini alohida belgilab o'tdi.

Bosh kotibning aytishicha, dastlabki bosqichda jurnalistlar, turistik firma vakillari va tadqiqotchilarni   jo'natish rejalashtirilmoqda.Bundan maqsad avvalo ularning talab va tanqidlarini nazarga olish. Buning natijasida turizm sayohati   bilan   aloqali   kamchiliklarning   bartaraf   etishdir.

14   kun   davom   etadigan   ushbu   "Zamonaviy   İpak   Yo'li   turizm sayohatida" quyidagi shaharlar bosib o'tiladi. Turkiyada Kayseri, Nevshehir, Konya   va   Istanbul;   Ozarbayjonda   Genje,   Sheki,   Shamahli   va   Baku; Qozog'istonda Alma-Ata, Chimkent, Turkiston, O'trar va Talas; Qirg'izistonda esa   Bolasog'un,   Norin,  Cho'lponota,   Issiq-Ko'l  va   Bishkek   shaharlarini   o'z ichiga oladi.

Navbatdagi xabarimiz Qozog’istondan olingan.

Qozog’iston kiril alifbosidan lotin alifbosiga o’tishga tayyorgarlik ko’rmoqda.

Mamlakat prezidenti Nursulton Nazarbayev Qozog’iston 2025 yilgacha to’liq lotin alfavitiga o’tish zarurligini aytdi.

Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev yil oxiriga qadar lotin yozuviga asoslangan qozoq alfavitining yagona standart variantini qabul qilish vazifasini topshirdi. Bu haqda “Kelajakka nazar: jamoatchilik ongini modernizatsiya qilish” maqolasida so‘z boradi.

“Qozoq tilini lotin yozuviga bosqichma-bosqich o‘tkazish uchun ishlarni boshlash zarur. Biz juda ehtiyotkor va taktik ravishda mazkur masalaga yetib keldik. Bu yerda sokinlik va bosqichma-bosqichlik lozim. Va biz butun Mustaqillik yillarida ehtiyotkorlik bilan tayyorgarlik ko‘rdik”, — deyiladi maqolada.

Qozog‘istonda 1929 yildan 1940 yilgacha lotin alifbosidan foydalanilgan, shundan so‘ng kirill bilan almashtirilgan. “Qozoq tili alfavitining o‘zgartirilishi tarixi asosan aniq siyosiy sabablarga ko‘ra ta’riflanadi”, — deya ta’kidladi Qozog‘iston rahbari.

2012 yil dekabrida xalqqa “Qozog‘iston-2050” an’anaviy murojaatida Nursulton Nazarboyev: “Biz 2025 yildan o‘z alfavitimizni lotinchaga o‘tkazishimiz zarur”, — deb aytib o‘tgan edi.

“Shu vaqtdan biz barcha sohalarda lotin alfavitiga o‘tishni boshlashimiz lozim. Ya’ni, 2025 yilga qadar ish yuritish, davriy nashrlar, o‘quv darsliklari va boshqalarni lotinchada nashr etishimiz lozim. Hozir esa lotin alfavitiga o‘tishni boshlashga tayyorgarlik ko‘rishga kirishamiz”, — deyiladi maqolada.

“2017 yil oxirigacha olimlar va keng jamoatchilik yordamida yangi grafikadagi qozoq alfavitining yagona standart variantini qabul qilish zarur. 2018 yildan yangi alfavitni o‘qitish uchun kadrlarni tayyorlash va o‘rta maktablar uchun o‘quv darsliklarini tayyorlash boshlanadi. Yaqin ikki yilda zarur tashkiliy va metodik ishlar amalga oshiriladi. Albatta, muayyan davrni o‘z ichiga olgan moslashish vaqtida kirilchada ham ish olib boriladi”, — deyiladi maqolada.

Eslatma: Yil oxiriga qadar Qozog‘istonda lotin yozuvidagi alifbo tasdiqlanib, 2018 yildan kadrlar va darsliklarni tayyorlash boshlanadi, lotin alifbosiga esa 2025 yilda o‘tiladi.



Aloqador xabarlar