O'zbekistonga yapon sayyohlar keldi

Yaponiyalik sayyohlar bir haftalik sayohatlari davomida Samarqand, Buxoro va Xivadagi tarixiy obidalarni ziyorat qiladilar.

709377
O'zbekistonga yapon sayyohlar keldi

Joriy yilda yaponiyalik sayyohlarni O'zbekistonga yetkazish bo'yicha 10 charter reys amalga oshiriladi.

Reyslar  2017 yilning aprelidan oktabrigacha davom etadi.

Yaponiyadan 2500 sayyoh kelishi rejalashtirilgan. Aprel oyida 750 nafar yapon sayyoh 3 ta reys bilan Samaraqandga sayohat qiladi.  

7 aprel kuni Samarqandda Yaponiyadan kelgan ilk charter reysi tantanali ravishda kutib olindi.

Yaponiyaliklar bir haftalik sayohatlari davomida Samarqand, Buxoro va Xivaga tashrif buyuradilar.

Sayohat davomida turli ko'ngilochar tadbirlar o'tkazish hamda tarixiy va arxitektura yodgorliklariga ekskursiyalar amalga oshirish ko'zda tutilgan.

Yaponiyalik sayyohlarning O'zbekistondagi tashriflari doirasida o'tkaziladigan tadbirlarni O'zbekiston telekanallari va Yaponiyaning NHK telekompaniyasi yoritib boradi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Samarqand , #Yaponiya , #sayyoh , #turist , #sayohat

Aloqador xabarlar