Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Moskvada

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi chog’idagi asosiy voqealari bugunga yani 5-aprelga belgilangan.

705823
Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Moskvada

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan kecha Moskvaga borar ekan u yerda Janob Mirziyoyev sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Davlat rahbarini Rossiya Federatsiyasi hukumati a’zolari kutib oldi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Ushbu ma’lumotga ko’ra Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, ilmiy-texnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o’zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashadilar.

Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi chog’ida ikki davlat Prezidentlarining Qo’shma bayonoti, O’zbekiston bilan Rossiyaning turli sohalardagi hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan 50 dan ortiq hujjat imzolanishi mo’ljallangan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifiga tayyorgarlik doirasida O’zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasida 3-aprel kuni O’zbekiston va Rossiya o’rtasida hujjatlarni imzolash marosimi bo’lib o‘tgan. Marosimda ikki davlat vakolatli vakillari savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida umumiy qiymati 3,5 milliard AQSh dollaridan ortiq bo’lgan 16 ta ikki tomonlama bitim, shartnoma va boshqa hujjatlarni imzolagan.

Tashrifning asosiy voqealari bugunga yani 5-aprelga belgilangan.



Aloqador xabarlar