Kipr muzokarasining keyingi bosqichi 11-aprelda boshlamoqchi

ShKTR Prezidenti Mustafa Akinji Belgiya poytaxti Bryusselda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterres bilan bo’lgan uchrashuvi ortidan mavzu haqida bayonot berdi.

705815
Kipr muzokarasining keyingi bosqichi 11-aprelda boshlamoqchi

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Mustafa Akinji Kipr muzokaralarining 11-aprelda takror boshlashini ma’lum qildi.

ShKTR Prezidenti Mustafa Akinji Belgiya poytaxti Bryusselda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterres bilan bo’lgan uchrashuvi ortidan bayonot berdi.

Mustafa Akinji ushbu bayonotda Kipr muzokarasining Kiprning grek tomonining Enosis qarori ortidan to’xtatilganini eslatdi.

Akinji, mavzu haqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining Kipr masalasi bo’yicha maxsus maslahatchisi Espen Barth Eide rahbarligida, 2-aprel kuni kechki ovqat chog’ida kelishib olinganligini, har ikki tomonning ham 11-aprel kungi uchrashuvga tayyor ekanligini qayd etdi.



Aloqador xabarlar