Mirziyoyev Ostonada “Vatan himoyachilari” monumentiga gul qo'ydi

Shavkat Mirziyoyev Prezident sifatida birinchi bor Qozog'istonda. Ushnu tashrifning asosiy voqealari bugunga yani 23-martga belgilangan.

697199
Mirziyoyev Ostonada “Vatan himoyachilari” monumentiga gul qo'ydi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-mart kuni Ostona shahrida “Vatan himoyachilari” monumentiga gul qo'ydi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot Xizmati internet portalida o'rin olgan ma'lumotga ko'ra  Mirziyoyev tinchlik, ozodlik yo'lida jon fido qilgan vatanparvar insonlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Shuningdek Mirziyoyev Qozog'iston poytaxtidagi Davlat rahbarlari xiyoboniga ko'chat o'tqazdi.  Xiyobonda O'zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ekkan daraxt baravj o'smoqda.



Aloqador xabarlar