AQSh Montana shtati Milliy gvardiyasi o’z tajribasini qirg’iz harbiylari bilan bo’lishishga tayyor

Amerikalik oliy darajali harbiy vakillar Qirg’iziston poytaxti Bishkekda Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi o’rinbosari general Zakir Tilenov bilan uchrashdi.

688845
AQSh Montana shtati Milliy gvardiyasi o’z tajribasini qirg’iz harbiylari bilan bo’lishishga tayyor
Matthew Quinn
Kırgız-Montana askeri işbirlik
Kırgız-Montana askeri işbirlik

Amerikalik oliy darajali harbiy vakillar Qirg’iziston poytaxti Bishkekda Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi o’rinbosari general Zakir Tilenov bilan uchrashdi.

Qirg’iziston Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi tomonidan ma’lum qilinishicha general Zakir Tilenov bilan AQShning Montana shtati Milliy gvardiya qo’mondoni general Matthew Quinn ikki mamlakat Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi o’rtasida harbiy hamkorlikni orttirish maqsadida uchrashgan.

Harbiy hamkorlik sohasida yangi rejalar qo’lga olingan ushbu uchrashuv haqida gapirgan general Zakir Tilenov, buning ikki mamlakat qurolli kuchlari o’rtasidagi do’stona munosabatlarni quvvatlantirish uchuın mazmunli imkon ekanligini qayd etdi.  

Tilenov shuningdek, “Ikki mamlakat o’rtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalarda ishonch bildiruvchi munosabat va o’zaro hamkorlik mavjud. Hamkorligimiz, munosabatimizning mustahkamlanishiga o’zining ijobiy hissasini qo’shmoqda” dedi.



Aloqador xabarlar