Pekinda, ShHTga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi

2017-yilning 14-17-fevrali kunlari Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi.

675079
Pekinda, ShHTga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi

2017-yilning 14-17-fevrali kunlari Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziriligining Matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Ushbu ma’lumotga ko’ra majlis davomida Qirg’iziston, Qozog’iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O’zbekiston vakillari Davlat rahbarlari kengashining bo’lajak majlisi va ShHT nizomiy organlarining boshqa tadbirlariga tayyorgarlikning borishini muhokama qilishgan.

Shuningdek majlisda 2017-yilga mo’ljallangan ShHTning Asosiy tadbirlar rejasi ham tasdiqlanar ekan Milliy koordinatorlar, tashkilot faoliyati kun tartibining joriy masalalari yuzasidan ham fikr almashganlar.

 



Aloqador xabarlar