Astanada uyushtirilgan va Suriyaning tinchligiga bag’ishlangan xalqaro yig'ilish davom etmoqda

Birinchi Astana yig’ilishida 2016-yilning 30-dekabri kuni e’lon qilingan o’q uzishni to’xtatish kelishuviga amal qilinib qilinmaganligini nazorat qilish uchun Turkiya, Rossiya va Eron uchli mexanizmning tashkil topishi borasida kelishib olgan edi.

674223
Astanada uyushtirilgan va Suriyaning tinchligiga bag’ishlangan xalqaro yig'ilish davom etmoqda

Qozog’iston poytaxti Astanada shu bilan uchinchisi uyushtirilgan va Suriyaning tinchligiga bag’ishlangan xalqaro yig’ilishda Turkiya, Rossiya va Eron o’q uzishni to’xtatish kelishuviga amal qilinib qilinmaganligini nazorat qilish maqsadida qo'shma komissiya tashkil etish borasida qaror qabul qildi.

Tomonlar texnik uchrashuvlarni poytaxt Anqarada davom ettiradi.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning Suriya bo’yicha maxsus vakili Alexander Lavrentiev matbuot anjumanida qo'shma komissiya tashkil etish borasidagi qarorning ahamiyatiga to’xtalib,    

“Bu komissiya ayniqsa o’q uzishni to’xtatish kelishuviga amal qilinib, qilinmaganligining nazorat qilinisihini ta’minlaydi yani nazorat qiladi. Shuningdek siyosiy jarayonning turli jihatlarida ham ish olib boradi” dedi.

Rejim va muxolifat hay’ati guruhi bilan konstitutsiyaviy islohotlarning boshlatilishi to’g’risida gaplashganliklarini aytgan Lavrentiev, tomonlarning hozircha jimjirt ekanligini lekin bu vaziyatning tomonlarni bir-biriga yaqinlashtirajagiga ishonchi komil ekanligini tilga oldi.  

Muxolifat guruh nomidan gapirgan Muhammad Allush ham, uchrashuvlarda o’q uzishni to’xtatish kelishuviga amal qilinib qilinmaganligini nazorat qilish mexanizmi va mahbuslarning ozod etilishini qo’lga olganliklarini aytdi.  

Allush, mexanizm ustidan faoliyat olib borishning davom etishi borasida kelishib olganliklarini va uchrashuvlarning Anqarada davom etajagini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Yig’ilishda ishtirok etgan Bashar al-Asad rejimining BMT Doimiy vakili Bashar al-Jafariy esa matbuot anjumanida, Astanadagi xalqaro yig’ilishning Shveytsariyaning Jeneva shahrida bo’lib o’tadigan muzokaralar uchun katta ahamiyat kasb etajagini ta’kidlab, Astana yig’ilishining mazmunli o’tganligini qayd etdi.   

Astana yig’ilishining birinchisi Turkiya va Rossiya rahbarligida 2017-yilning 23-24-yanvari kunlari bo’lib o’tgan edi.

Aytib o’tish joizki ushbu ikkala mamlakat kafolatida 2016-yilning 30-dekabri kuni e’lon qilingan o’q uzishni to’xtatish kelishuviga abadiy amal qilinishi maqsadida yig’ilgan hay’atlar unga amal qilinib qilinmaganligini nazorat qilish uchun Eronning ham ishtirokida uchli mexanizmning tashkil topishi borasida kelishib olgan edilar.

2017-yilning 6-fevrali kuni bo’lib o’tgan ikkinchi yig’ilishda esa uchli mexanizm haqidagi texnik uchrashuvlar amalga oshirilgan edi.  

 

 


Tanlangan kalimalar: #Astana , #Suriya , #xalqaro yig'ilish

Aloqador xabarlar