O‘zbekistonda bolalar mehnatidan foydalanishga chek qo’yildi
Xalqaro mehnat tashkiloti O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimida bolalar mehnatidan foydalanish amaliyotiga barham berilganini ma’lum qildi.
665278
O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimida bolalar mehnatidan foydalanishga chek qo’yildi.
Xalqaro mehnat tashkiloti O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimida bolalar mehnatidan foydalanish amaliyotiga barham berilganini ma’lum qildi.
1-fevralda e’lon qilingan Xalqaro mehnat tashkiloti hisobotida paxta yig‘im-terimi sektorida majburiy mehnatdan foydalanishga chek qo‘yish bo‘yicha hukumat tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar qayd etildi.
“Bolalar mehnatiga yo‘l qo‘yilmasligi jamiyatning barcha qatlamlari: hukumat, o‘qituvchilar, mutaxassislar, fermerlar, ota-onalar va bolalarning o‘zlari tomonidan e’tirof etilmoqda. O‘zbekiston tashkiliy ravishda bolalar mehnatidan foydalanish amaliyotiga barham berdi”, — deyiladi Xalqaro mehnat tashkilotining hisobotida.
Aloqador xabarlar
Armaniston askarlari Ozarbayjon tomoniga qarshi oʻq uzgani aytilmoqda
Kecha, 13 - iyun kuni, Armaniston askarlari Ozarbayjon tomoniga qarshi oʻq uzgani aytilmoqda