Mustafa Akinji, Kipr muzokarasi haqida yozma ravishda bayonot berdi

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Mustafa Akinji davom etgan muzokara jarayoni haqida yozma ravishda bayonot berar ekan Akinji unda, hali hanuz hal qilinmagan ba’zi masalalarning qanday hal qilinishi haqida gapirdi.

661657
Mustafa Akinji, Kipr muzokarasi haqida yozma ravishda bayonot berdi

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Mustafa Akinji Kipr muammosining hal qilinay deb qolganligini belgilab, barcha tomonlarning ijobiy hissasi orqali tenglik, erkinlik va xafsizlik ichida ajoyib orol yaratish mumkinligini aytdi.  

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Akinji davom etgan muzokara jarayoni haqida yozma ravishda bayonot berar ekan Akinji unda, ba’zi masalalarning hali hanuz natijalanmaganligi haqida gapirdi.  

Akinji,

“Hal qilinmagan ba’zi mavzular ham natija bergudek bo’lsa unda oxirgi so’z albatta xalqqa beriladi. Faqat hali hanuz u darajaga yetib kelganimiz yo’q. Har ikkala tomonning ham qo’llab-quvvatlashi bilan natija olinadi” dedi.  

Kipr muzokarasi jarayonida ancha ilgarilab qolganliklarini qayd etgan Akinji, muzokara jarayonining to’xtamay davom etishi kerakligi va konferentsiya ishtirokchilarining qarorli yordamlari majburiy ekanligiga to’xtaldi shuningdek;

“Kipr muammosi faqatgina Kiprning grek tomonining 1963-yildan beri bizni mahrum qilgan siyosiy tenglikning federal doirada qaytarib berishi va bizning ham, 1974-yildagi urush natijasida ular mahrum bo’lgan tuproqning bir bo’lagini o’zlariga qaytarib berishimiz orqaligina hal bo’ladi. Annan rejasidan beri barcha xaritalar Kiprning turk tomoniga qariyb 29 foiz tuproq ajratib berilajagini himoya qilmoqda. Oxirgi muzokara jarayonida muammo hal qilingudek bo’lsa unda natija huddi shunday bo’ladi” dedi.



Aloqador xabarlar