Toshkent va Samarqandda Islom Karimov haykali o‘rnatiladi

Mamlakatda “Islom Karimov haykali” loyihasi bo‘yicha xalqaro badiiy tanlov davom etmoqda.

660595
Toshkent va Samarqandda Islom Karimov haykali o‘rnatiladi

O'zbekistoning Toshkent va Samarqand shahrida Islom Karimov haykali o‘rnatiladi.

O‘zbekistonning birinchi Prezidenti haykali poytaxtdan boshqa shaharlarga ham o‘rnatilishi mumkin.

O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali nafaqat Toshkent, balki Samarqandda ham o‘rnatiladi.

Haykal Samarqanddagi Toshkent ko‘chasi bo‘ylab joylashgan xiyobonda, Registon maydonidan o‘ng tomonga o‘rnatiladi.

Poytaxtning qaysi qismidan haykal uchun joy ajratilishi esa hozircha ma’lum emas.

Ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi Prezidentning haykali O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham o‘rnatilishi mumkin.

Ayni paytda, mamlakatda “Islom Karimov haykali” loyihasi bo‘yicha xalqaro badiiy tanlov davom etmoqda.

U diplomli haykaltarosh va arxitektorlar uchun ochiq.

Tanlov ishlari shu yilning 31-martiga qadar qabul qilinadi.

Qabul qilib olingan loyihalar Badiiy akademiya Markaziy ko‘rgazmalari zaliga eksponat sifatida qo‘yiladi va barcha xohlovchilar 10-aprelga qadar ularni tomosha qilishlari mumkin.

 

 



Aloqador xabarlar