Astanadagi Suriya muzokarasining birinchi kunida tomonlar bir-biriga o’z talablarini yetkazdi

Astanadagi Suriya muzokarasida Suriya Harbiy muxolifat hay’ati, Bashar al-Asad rejimi, Turkiya, Rossiya, Eron, Amerika Qo’shma Shtatlari va Birlashgan Millatlar Tashkiloti hay’atlari ishtirok etmoqda.

657920
Astanadagi Suriya muzokarasining birinchi kunida tomonlar bir-biriga o’z talablarini yetkazdi

Qozog’iston poytaxti Astanada o’tayotgan Suriya muzokarasining birinchi kunida, 2016-yilning 30-dekabri kuni kuchga kirgan o’q uzishni to’xtatish kelishuvini abadiylashtirish maqsadi tomonlarga yetkazildi.

Muzokarada Suriya Harbiy muxolifat hay’ati, Bashar al-Asad rejimi, Turkiya, Rossiya, Eron, Amerika Qo’shma Shtatlari va Birlashgan Millatlar Tashkiloti hay’atlari ishtirok etmoqda.

Ilk majlis muxolifat va boshqa tomonlarning yuzma-yuz ishtirokida bo’lib o’tdi.

Tanaffus ortidan tomonlar o’rtasidagi uchrashuv bilvosita ravishda davom etdi.

Avvalom bor muxolifat hay’ati Turkiya, Rossiya va BMT vakili o’rin olgan qo’shma komissiya bilan uchrashdi.

Ushbu uchrashuvda muxolifat guruh; rejim va uni qo’llab-quvvatlagan chet ellik terroristlarning o’q uzishni to’xtatish kelishuviga amal qilishi, bosib olingan mintaqalarga gumanitar yordamlarning yetkazib berilishi, Eron askarlari bilan Tehron tomonidan qo’llab-quvvatlangan qurolli guruhlarning mamlakatni tark etishi bilan ayol kishidan iborat siyosiy mahbuslarning ozod etilishi talablarini yozma ravishda ma’lum qildi.

Rossiya bilan BMT vakillari, muxolifat guruh talablarini rejim hay’atiga yetkazdi.

Rejim hay’ati ham o’z talablarini Rossiya bilan BMT vakillari orqali muxolifat guruhiga taqdim etdi.

Buning ortidan tomonlar talablarni baholash uchun majlis zalidan ayrildi.

Rejimning BMTdagi vakili Bashar al-Jafariy, muzokaraning boshlanishida tilga olgan ba’zi ifodalari orqali Bashar al-Asadning o’q uzishni to’xtatish kelishuviga qaratilgan birinchi munosabatini o’rtaga qoydi.

Jafariy to’qnashuvlarning ma’lum vaqtgacha to’xtashi va bu jarayonda o’q uzishni to’xtatish kelishuviga qo’l qo’ygan guruhlarning terror tashkilotidan ajratilishini kutganliklarini qayd etdi.

Muxolifat voizi Yahyo al-Aridiy, muzokaraning birinchi kunining yakunida so’zlagan so’zida, muxolifatning Turkiya-Rossiya-BMT qo’shma komissiyasi bilan bo’lgan uchrashuvining samarali o’tganligini ifodaladi.             

Rejimning terror tashkiloti tushunchasi keng ko’lamli bo’lgani uchun muxolifat guruh o’q uzishni to’xtatish kelishuvining yana da yorqin va kuzata olinadigan mexanizmga aylantirilishini talab qilmoqda.

Aytib o’tish joizki Astanadagi muzokara chog’ida Bashar Asad rejimi va uni qo’llab-quvvatlagan kuchlarning muxolifat nazorati ostidagi Suriyaning Damashq, Dera, Hama, Halab va Lazkiya shaharlariga qarshi yerdan va havodan amalga oshirgan hujumlari davom etdi.

Astanadagi Suriya muzokarasi harbiy muxolifat, rejim, Eron va Rossiyaning ishtirokida o’tayotgani jihatidan roppa-rosa 6 yildan beri davom etayotgan ichki urushni to’xtatishga bag’ishlangan xalqaro yig’ilishlar orasidan eng muhimi hisoblanadi.

Bugungacha bo’lib o’tgan xalqaro yig’ilishlarda siyosiy muxolifat ishtirok etar ekan Astanadagi muzokarada Suriya harbiy muxolifati ham ishtirok etmoqda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Astana , #Suriya muzokarasi , #Qozog'iston

Aloqador xabarlar