O'zbekiston va Qirg'iziston chegara masalalarini hal qilishga kirishdi

O'zbekiston Bosh vaziri o'rinbosari Adham Ikromov 17 yanvar kuni O'sh shahrida Qirg'iziston Bosh vaziri o'rinbosari Jyenish Razakov bilan uchrashdi.

653848
O'zbekiston va Qirg'iziston chegara masalalarini hal qilishga kirishdi

O'zbekiston va Qirg'iziston chegara masalalarini hal qilish uchun hamkorlik qilmoqchi.

O'zbekiston Bosh vaziri o'rinbosari Adham Ikromov 17 yanvar kuni O'sh shahrida bo’ldi.

Adham Ikromov tashrifi chog’ida Qirg'iziston Bosh vaziri o'rinbosari Jyenish Razakov bilan uchrashdi.

O'zbekiston va Qirg'iziston delegatsiyalari davlatlararo chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini muhokama qildi.

Tomonlar O'zbekiston-Qirg'iziston davlat chegarasining ayrim uchastkalari bo'yicha pozitsiyalarni muvofiqlashtirish zarurligini qayd etishdi.

Ikki davlat vakillari davlatlararo chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo'yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.



Aloqador xabarlar