O'zbekistondan xabarlar 1-qism

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga Istanbuldagi terakt munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

647225
O'zbekistondan xabarlar 1-qism

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga Istanbuldagi terakt munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on va qardosh turk xalqiga Istanbul shahrida sodir etilgan mudhish terrorchilik harakati oqibatida ko`plab insonlar halok bo`lganligi munosabati bilan ta`ziya izhor etdi. Bu haqda O`zbekiston Tashqi İshlar Vazirligi matbuot xizmati ma`lum qildi.

Davlat rahbari o`z maktubida qurbon bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik tuyg`ularini etkazib qo`yishni so`radi. Jarohat olganlarga qisqa muddatda sog`ayib ketishlarini tiladi.

Malumki, 1 yanvar kuni Istanbuldagi tungi klubda uyushtirilgan hujum oqibatida 39 kishi halok bo`lgan, 69 kishi esa yaralangan edi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi bosh kotibi Antoniu Guterrish O`zbekiston bilan hamkorlikni mustahkamlash tarafdori ekanligini malum qildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining saylangan bosh kotibi Antoniu Guterrish O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yo'llagan maktubida, O`zbekiston xalqi va umuman Markaziy Osiyo mintaqasining farovonligi yo`lidagi yaqin hamkorlikni yanada kengaytirishdan umidvorligini bildirdi.

Guterrish o'z maktubida, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va O`zbekiston Respublikasi o`rtasida samarali hamkorlik yo`lga qo`yilganligi aytar ekan, bu hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan, BMTning O'zbekistondagi vakolatxonasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo`yicha mintaqaviy markazi orqali yanada mustahkamlashga harakat qilishini takidladi.

Guterrish, Orol dengizining qurishi oqibatlarini yumshatish bizning umumiy va ustuvor maqsadimiz ekanini yaxshi anglayman. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ushbu fojia bilan bog`liq muammolarni hal qilish borasidagi sa`y-harakatlaringizni bundan keyin ham qo`llab-quvvatlayveradi”, deydi maktubida.

Antoniu Guterresh shuningdek, Shavkat Mirziyoyevga O`zbekistonga tashrif buyurish haqidagi taklifi uchun minnatdorchilik bildirar ekan, buning uchun qulay imkoniyat bo`lishi bilan O'zbekistonga borish niyatida ekanligini tilga oldi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti yangi bosh kotibi Shavkat Mirziyoyevni prezidentlikka saylangani bilan qutlar ekan, yaqin vaqtlarda u bilan uchrashish hamda global va mintaqaviy dolzarb tahdidlarni bartaraf etish yo`lida hamkorlikda ishlash imkoniyatini sabrsizlik bilan kutishini ma`lum qildi.

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy bilan diplomatik munosabatlar o`rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan ushbu mamlakat rahbari Si Szinpinga maktub yo`lladi.

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga yo`llagan maktubida, O`zbekistonning Xitoy bilan bundan keyin ham amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanligini ma`lum qildi.

Mirziyoyev, O`zbekiston va Xitoy aloqalari ko`p asrlik tarixga ega bo`lib, Buyuk ipak yo`li davriga borib taqailshini, ikki davlat xalqlari o`rtasida azal-azaldan barqaror savdo-sotiq, ilm-fan va gumanitar aloqalar yo`lga qo`yilgani, ikki xalq madaniyatlari, an`ana va urf-odatlari bir-birini boyitgani haqidagi ko`plab yorqin misollar tarix sahifalariga muhrlanganligini ta`kidladi.

 O`zbekiston Prezidenti “İzchil va muttasil rivojlanib borayotgan, jahonda ulkan nufuz va ta`sirga ega Xitoy O`zbekistonning yaqin va ishonchli hamkoridir. Mamlakatlarimiz o`rtasidagi aloqalar mustahkam an`anaviy do`stlik, o`zaro anglashuv va hurmat ruhida muntazam rivojlanib bormoqda”, dedi o'z maktubida.

Mirziyoyev, Xitoyning chuqur o`ylangan, vazmin tashqi siyosat yo`li, yagona Xitoy siyosati, terrorizm, ekstremizm va ayirmachilikka qarshi kurashish borasidagi tadbirlarni doimo qo`llab-quvvatlashini takidlar ekan, yaqin kelajakda bo`ladigan oliy darajadagi uchrashuv O`zbekiston – Xitoy munosabatlarining har tomonlama rivojiga yanada jadal sur`at bag`ishlashiga, o`zaro va ko`p tomonlama hamkorligimizning barcha masalalari bo`yicha muloqotlarni davom ettirish uchun qulay imkoniyat bo`lishiga ishonishini tilga oldi.

 

O'z navbatida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin xam O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga mamlakatlar o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan yo'llagan maktubida, Xitoy va O`zbekiston – yaqin do`stlar va ishonchli hamkorlar ekanligini takidladi.

“Xitoy va O`zbekiston – yaqin do`stlar va ishonchli hamkorlardir. Diplomatik munosabatlar o`rnatilgandan buyon o`tgan 25 yil davomida Xitoy va O`zbekiston munosabatlari izchil va barqaror rivojlanmoqda. Davlatlarimiz o`rtasidagi oliy darajadagi uchrashuvlar muntazamlik kasb etgan, o`zaro siyosiy ishonch mustahkamlanmoqda” dedi o'z maktubida Si Szinpin.

Si Szinpin, Xitoy va O`zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga alohida ahamiyat berishini takidlar ekan, Xitoyning O`zbekiston tanlagan o`ziga xos taraqqiyot yo`lini, davlat mustaqilligi, suvereniteti va xavfsizligini mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni rag`batlantirish va tashqi aloqalarni kengaytirish borasidagi sa`y-harakatlarini bundan buyon ham qo`llab-quvvatlayverishini malum qildi.

O`zbekiston va Tojikiston o`rtasida aviaparvozlar tiklanadi.

O'tgan xaftada Dushanbe shahrida O`zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o`rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha hukumatlararo komissiyaning to`rtinchi majlisi bo`lib o`tdi.

Komissiya majlisida, O`zbekiston va Tojikiston delegatsiyalari ikki davlat o`rtasida aviaparvozlarni tiklash haqidagi protokolni imzoladi.

Mazkur protokolga asosan, ikki davlat poytaxtlari o`rtasida 2017 yilning birinchi yarmida aviaparvozlarni qayta tiklanadi.

Yig'ilishda, temir yo`l tashimachiligi tariflarini o'zaro kamaytirish, O'zbekiston tomonining Tojikistonga mahsulot etkazib berish borasida ham protokollar imzolandi.

Komissiya yig'ilishida shuningdek, ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralariga yo`lovchi avtobuslari va poezdlar qatnovini tiklash haqidagi kelishuv loyihasini tayyorlash vazifasi yuklatildi.

Yig'ilishda, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisining 2017 yilda Toshkent shahrida o`tkazililishi bo'yicha kelishib olindi.

O'zbekiston delegatsiyasinin Tojikistonga tashrifi doirasida, delegatsiyasi raxbari O`zbekiston bosh vazirining o`rinbosari Rustam Azimov Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon tomonidan qabul qilindi. Uchrashuvda Tojikiston rahbari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni o`zi uchun qulay vaqtda Tojikiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan kelish taklif etilgan maktubini topshirdi.

       


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #So'nggi , #Yangiliklar , #Turkiya

Aloqador xabarlar