YXHT TIV kengashining navbatdagi majlisi davom etmoqda

Ushbu majlisda Abdulaziz Kamilov boshchligidagi o'zbekistonlik delegatsiya ishtirokchilarga, 2016-yilning 4-dekabrida bo’lib o’tgan O’zbekiston Prezidenti saylovi natijalari bilan tanishtirdi.

626843
YXHT TIV kengashining navbatdagi majlisi davom etmoqda

2016-yilning 8-dekabr kuni YXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etayotgan O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Gamburg shahrida Polsha Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vitold Yan Vashikovskiy, Vengriya Tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto, Avstriya Respublikasining Yevropa ishlari, integratsiya va tashqi ishlar masalalari bo’yicha federal vaziri Sebastian Kurts, Kanada Tashqi ishlar vaziri Stefan Dion bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o’tkazdi.

Muzokaralar chog’ida ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy va hamkorlikni kengaytirish uchun yirik salohiyatga ega boshqa sohalardagi aloqalarning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy internet portalida o’rin olgan ma’lumotga ko’ra O’zbekiston tomoni YXHT TIVKda ishtirok etayotgan delegatsiyalar rahbarlarini 4-dekabrda bo’lib o’tgan O’zbekiston Prezidenti saylovi natijalari hamda ovoz berish jarayonini monitoring qilish maqsadida 500 dan ziyod xalqaro kuzatuvchilar, jumladan YXHT DIIHB va boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar Missiyalari ishtirok etgani to’g’risidagi ma’lumot bilan tanishtirdi.

Uchrashuvlarda xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.



Aloqador xabarlar