O'zbekiston va Qirg'iziston chegarasidagi noaniq hududlar bo'yicha kelishuv tuzildi

O'zbekiston va Qirg'iziston Hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

610435
O'zbekiston va Qirg'iziston chegarasidagi noaniq hududlar bo'yicha kelishuv tuzildi

Shu yilning 8-13 noyabr kunlari davlatlararo chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo'yicha O'zbekiston va Qirg'iziston Hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

O'zbekistonning Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari bilan Qirg'izistonning Batken, Jalolobod va O'sh viloyatlari tutashgan hududlarda davlat chegaralarining avval muvofiqlashtirilmagan 14 uchastkasida qo'shma dala tekshiruvlari va instrumental topografik rasmga olish tadbirlari o'tkazildi.

Yettita uchastka bo'yicha ishchi guruhlarning pozitsiyalari kelishib olindi.

Uchrashuv chog’ida, tegishli bayonnoma imzolandi va boshqa muvofiqlashtirilmagan uchastkalardagi dala topografik-yer tuzish ishlarini o'tkazishning jadvali kelishib olindi.

Uchrashuv hamjihatlik va an`anaviy do'stlik ruhida bo'lib o'tdi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Qirg'iziston , #chegara , #kelishuv

Aloqador xabarlar