O‘zbekiston delegatsiyasi do‘stlik tashrifi bilan Qirg‘izistonda…

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasiga O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Adxam Ikramov boshchilik qilmoqda.

597559
O‘zbekiston delegatsiyasi do‘stlik tashrifi bilan Qirg‘izistonda…

O‘zbekiston delegatsiyasi do‘stlik tashrifi bilan Qirg‘izistonning chegaradosh O'sh viloyatiga keldi.

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Adxam Ikramov boshchiligidagi delegatsiya bugun, 26-oktyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasiga do‘stona qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida tashrif buyurdi.

1-oktyabr kuni bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Muxammetkali Abulgaziyev boshchiligidagi Qirg‘iziston delegatsiyasi O’zbekiston rasmiylarining taklifi bilan Andijon viloyatida bo’ldi.

Ular qirg‘iz-o‘zbek munosabatlarini mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etdi.

O‘zbekiston delegatsiyasining javob tashrifi Qirg‘izistonning chegaradosh O‘sh viloyatiga amalga oshirildi.

Rejaga ko‘ra, delegatsiya O‘sh markaziy maydonidagi bayramona madaniy tadbirda qatnashib, Qirg‘iziston xalqlari assambleyasi vakillari bilan uchrashdi.

“Bobur” nomidagi o’zbek drama teatrda mehmonlarga “Manasning Semetey o‘g‘li” teatrlashtirilgan postanovkasi namoyish etiladi.

O‘sh markaziy maydonida O‘zbekiston delegatsiyasi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ko‘zdan kechirib, O‘sh Davlat universitetining “Ak buura” o‘quv binosiga tashrif buyuradi va tibbiyot fakulteti talabalari bilan uchrashadi.

Tashrif yakunida delegatsiya vakillari “Sulayman-Too” tarixiy-etnografik majmuasida bo‘ladi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha delegatsiyalar ikki tomonlama hujjatlarni imzolaydi.

 

 



Aloqador xabarlar