Toshkentda 550 ming tonna paxta tolasini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi

O’zbekistonning poytaxti Toshkentda XII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasi bo’lib o’tdi.

590620
Toshkentda 550 ming tonna paxta tolasini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi

Ma’lum bo’lganidek, kuni kecha O’zbekistonning poytaxti Toshkentda XII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasi bo’lib o’tdi.

Yarmarka munosabati bilan 550 ming tonna paxta tolasini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Shuningdek, 1,322 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.

Yarmarkada 40 dan ziyod mamlakat, shu jumladan, Xitoy, Rossiya, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Yaponiya, Bangladesh, Birlashgan Arab Amirliklari, Koreya Respublikasi, Yaqin Sharq, Osiyo-Tinch okeani va Afrika davlatlari ishbilarmon doiralari vakillari, ekspert va mutaxassislari ishtirok etdi.

 



Aloqador xabarlar