O’zbek diplomatlari Bryusselda Afg’oniston bo’yicha xalqaro konferentsiyada ishtirok etdi

Dunyoning 100 dan ortiq mamlakati, jumladan Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarning vakillari hamda qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari Afg'oniston hukumatiga yordam berish uchun Bryusselda uchrashdi.

583737
O’zbek diplomatlari Bryusselda Afg’oniston bo’yicha xalqaro konferentsiyada ishtirok etdi

2016-yilning 5-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Bryussel shahrida Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etdi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi TIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

100 dan ortiq mamlakat, jumladan Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarning vakillari hamda qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari taklif qilingan “Farovonlik va tinchlik uchun sherikchilik” deb nomlangan forum ishtirokchilari 2017-2020-yillarda Afg‘oniston hukumatiga siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun ko‘mak, xususan moliyaviy yordam berish masalalarini muhokama qildilar.

 



Aloqador xabarlar