O’zbekiston Bishkekdagi MDH TIV kengashi majlisida ishtirok etadi

Ertaga, Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisi bo'lib o'tadi.

571248
O’zbekiston Bishkekdagi MDH TIV kengashi majlisida ishtirok etadi

2016-yilning 16-sentabr kuni O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Bishkek shahrida bo’lib o’tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida ishtirok etadi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi TIV rasmiy sayti xabar berdi.

Shu doirada bugun 2016-yilning 15-sentabr kuni Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi o’zbekistonlik delegatsiya Qirg’iziston poytaxti Bishkekga tashrif buyurar ekan Tashqi ishlar vaziri A. Kamilov Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov hamda Qirg’iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashuvlar o’tkazdi.

Bo’lib o’tgan suhbatlarda ikki tomonlama munosabatlarning, MDH va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning amaliy masalalari muhokama qilindi hamda mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.

 



Aloqador xabarlar