O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Fransiya elchisini qabul qildi

Diplomatik missiyasini yakunlayotgani sababli Fransiyaning O'zbekistondagi elchisi Jak-Anri El’sga O’zbekiston va Fransiya o’rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga qo’shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirildi.

553948
O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Fransiya elchisini qabul qildi

O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 17 avgust kuni Fransiya Respublikasining O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jak-Anri El’sni qabul qildi.

O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati bu haqda xabar beradi.

Qabul chog’ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Diplomatik missiyasini yakunlayotgani sababli elchiga O’zbekiston va Fransiya o’rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga qo’shgan shaxsiy hissasi uchun minnatdorchilik bildirildi.



Aloqador xabarlar