Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Armaniston-Ozarbayjon chegarasida...

AGIT davr rahbarining maxsus vakili Andrzej Kasprzyk bilan o’rinbosari Hristo Hristov Ozarbayjon askarlari joylashgan chegara hududida bo’ldi.

544159
Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Armaniston-Ozarbayjon chegarasida...
azerbaycan-ermenistan agit3.jpg
azerbaycan-ermenistan agit.jpg

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti AGIT mutasaddilari Armaniston-Ozarbayjon chegarasida tekshiruv olib bordi.

AGIT davr rahbarining maxsus vakili Andrzej Kasprzyk bilan o’rinbosari Hristo Hristov Ozarbayjon askarlari joylashgan chegara hududida bo’ldi.

Andrzej Kasprzykning boshqa o’rinbosarlari Peter Svedberg va Jiri Aberle esa, Armaniston askarlarining nazoratidagi chegara punktida bo’ldi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Ag’dam shahrining O’rta Gervend qishlog’i yaqinlaridagi chegara punktida olib borilgan tekshiruvlar paytida hech qanday salbiy holat yuzaga kelmadi.

AGIT hay’ati chegarada sulh bitimini oyoq osti qilish holatlarinini oldini olish maqsadida vaqti-vaqti bilan tekshiruv olib bormoqda.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Prezidenti Sarkisyan 20 iyun kuni Sankt Peterburgda bo’lib o’tgan yig’ilish chog’ida, notinch hududda xalqaro kuzatuvchi sonini oshirish bo’yicha kelishib olgan edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar