O'zbekistondan xabarlar 6-qism

Hafta mobaynida O'zbekistonda yuz bergan eng muhim ba'zi ma'lumotlar to'plami

544711
O'zbekistondan xabarlar 6-qism

Islom Karimov Xavfsizlik kengashining navbatdagi majlisini o’tkazdi

2016 yil 27 iyulda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Havfsizlik kengashining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.

Majlisni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Havfsizlik kengashi Raisi Islom Karimov boshqardi.

Mamlakatimizning janubiy sarhadlarida havfsizlikni ta`minlash, tahdid va havf-hatarlarni bartaraf etish, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda mintaqadagi qo'shni davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama etildi.

Majlisda hukumat va tegishli idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

www.kun.uz

 

Kecha Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh TIV rahbarlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi

2016-yilning 3-avgust kuni Vashington shahrida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi, Markaziy Osiyoning besh mamlakati va Amerika Qo‘shma Shtatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlarining «С5+1» shaklidagi uchrashuvida ishtirok etdi.

Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev, Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojidin Aslov, Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov hamda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri iqtisodiyot, ekologiya va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikning istiqbollari yuzasidan fikr almashishdi.

«С5+1» shakli doirasida Markaziy Osiyo bozoriga qiziqish bildirayotgan AQSh biznesi vakillari va xususiy investorlar ishtirokida tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

http://www.mfa.uz

 

Ruslan Chagayev boksdagi faoliyatini yakunladi

Butunjahon boks assotsiatsiyasi WBA versiyasi bo’yicha sobiq jahon chempioni o’zbekistonlik süper og’ir vaznli bokschi Ruslan Chagayev sog’ligida yuzaga kelgan muammolar sababli faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqida bokschining menejeri Timur Dugazayev ma’lum qilgan.

Avvalroq WBA 37 yoshli bokschining puertorikalik Fres Okendoga qarshi himoya jangiga rad javobini berganligi uchun chempionlik titulidan mahrum qilgan edi.

-Ruslan bizga ortiq ringga chiqmasligini ma’lum qildi, -deydi Dugazayev.

-Bunga sabab hozirda uning ko’zlarida muammolar bor. Sog’liq barchasidan ustun.

Eslatib o’tazmiz, 2001-yili Chagayev chap ko’zidan operatsiya qilingan. U proffesional ringda 38 jang o’tkazib, 34 g’alaba (21 nokaut), 3 mag’lubiyat va bitta durang qayd etgan.

http://sports.uz

 

«O'zbekiston havo yo'llari» mustaqillik tengqurlariga bepul chiptalar taqdim etadi

O'zbekiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan «O'zbekiston havo yo'llari» Milliy aviakompaniyasi o'z yo'lovchilari uchun qator aktsiyalar uyushtirib, sovg'alar tayyorlamoqda.

Ma`lum qilinishicha, 1991 yilning 1 sentyabrida tug'ilgan yoshlarga «O'zbekiston havo yo'llari» MAK ichki yo'nalishlar bo'ylab sayohat uyushtirish imkoniyatini taqdim etadi. Bunday yoshlarga O'zbekistondagi ichki yo'nalishlar uchun tekin chiptalar 1 sentyabrdan 31 oktyabrga qadar tarqatiladi.

«Mustaqillik tengdoshlari uchun aktsiya! 1991 yil 1 sentyabrda tug'ilganlarga «O'zbekiston havo yo'llari» MAK O'zbekiston shaharlariga tashrif buyurish imkonini beradi. Siz respublika ichidagi yo'nalishlarga bepul aviachipta olishingiz mumkin. Taklif O'zbekiston Respublikasi hududida 1 sentyabrdan 31 oktyabrgacha bo'lgan davr ichida amalga oshiriladigan istalgan qatnovga nisbatan tadbiq etiladi. Agar Siz 1991 yil 1 sentyabrda tug'ilgan bo'lsangiz, unda 1 avgustdan boshlab sovg'a - aviachiptani rasmiylashtirish uchun «O'zbekiston havo yo'llari» MAKning aviachiptalarni sotish shohobchalariga murojaat qilishingiz mumkin.

Hurmatli mustaqillik tengdoshlari, O'zbekistondagi siz tashrif buyurishni istagan shaharni tanlang va bayram aktsiyamizdan foydalaning!», deyilgan habarda.

Shuningdek, feysbuk ijtimoiy tarmog'idagi «Uzbekistan airways» sahifasida respublika ichidagi yo'nalishlarga bepul aviachipta o'ynaladi. Unda ishtirok etish shartlari oddiy: aviakompaniya sahifasiga obuna bo'lish va yutuq o'ynalishi haqidagi e`lonni do'stlari bilan o'rtoqlashish. O'yin 15 avgustda boshlanadi va 24 avgust soat 24.00gacha davom etadi. Natija 26 avgust kuni soat 10.00da Random.orgtasodifiy raqamlar generator dasturi yordamida, mahsus komissiya va OAV vakillari ishtirokida aniqlanadi. G'olib respublika ichidagi yo'nalishlar bo'yicha bitta bepul aviachiptaga sertifikatni qo'lga kiritadi.

Bundan tashqari, 1 sentyabr', Mustaqillik kunida «O'zbekiston havo yo'llari» MAK qatnovlarida parvoz qiladigan barcha yo'lovchilarga HK sahnida esdalik suvenirlar topshiriladi. Bort kuzatuvchilari milliy aviatashuvchi nomidan yo'lovchilari bayram bilan tabriklashadi va tarihiy voqea hotirasiga aviakompaniya logotipi va mustaqillik ramzi tushirilgan suvenirlarni taqdim etishadi.

http://kun.uz

 



Aloqador xabarlar