O`zbekistonda o`rmonlarni rivojlantirishga qaratilgan jamg`arma tashkil etiladi.

O`zbekistonda o`rmon xo`jaligini rivojlantirish jamg`armasi tashkil etiladi.

516711
O`zbekistonda o`rmonlarni rivojlantirishga qaratilgan jamg`arma tashkil etiladi.

O`zbekistonda o`rmonlarni rivojlantirishga qaratilgan jamg`arma tashkil etiladi.

O`zbekistonda o`rmon xo`jaligini rivojlantirish jamg`armasi tashkil etiladi.

Uning mablag`larini shakllantirish va ishlatish tartibi to`g`risidagi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Yangi struktura Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi qoshidagi O`rmon xo`jaligi bosh boshqarmasi huzurida tashkil etiladi.

O`rmon xo`jaligini rivojlantirish uchun mablag`larni shakllantirish, o`rmon xo`jaliklarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o`rmon jamg`armasi erlaridagi o`simlik va hayvonot dunyosini himoya qilish, saqlash va qayta tiklash jamg`armaning maqsadlari qilib belgilandi.

jamg`arma byudjeti o`rmon jamg`armasi erlaridan foydalanish uchun talabnomalarni ko`rib chiqish hamda ruxsatnomalar berish uchun to`lovlar, o`rmon jamg`armasi erlaridagi o`simlik va hayvonot dunyosiga etkazilgan zarar uchun undirilgan tovon pullari, erlardan xo`jalik, madaniy-ma`rifiy, sog`lomlashtirish va estetik maqsadlarda foydalanish uchun to`lovlar, xayriya tushumlari va boshqalar hisobidan shakllantiriladi.

Bu mablag` o`simlik va hayvonot dunyosiga etkazilgan zararning oldini olish hamda uning oqibatlarini bartaraf etish, o`rmonlarni himoya qilish va ekologik monitoring uchun texnika va texnologiyalar xarid qilish, urug`chilik, selektsiyani rivojlantirish, tabiiy ko`chatxonalar, issiqxonalar, dorivor o`simliklar plantatsiyalari yaratish va boshqa ehtiyojlarga sarflanadi.



Aloqador xabarlar