Toshkentda O'zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to'g'risida farmon...

O'zbekiston Respublikasi prezidentining 13 maydagi farmoniga binoan, Toshkent shahrida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etiladi.

490663
Toshkentda O'zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to'g'risida farmon...

Toshkentda O'zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to'g'risida farmon chiqarildi.

O'zbekiston Respublikasi prezidentining joriy yil 13 maydagi farmoniga binoan Toshkent shahrida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etiladi.

Yangi oliygoh Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti O'zbek tili va adabiyoti fakulteti hamda O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti negizida tashkil etilmoqda.

Universitet tarkibida uchta fakultet o’rin oladi: O'zbek filologiyasi, O'zbek tili va adabiyotini o'qitish, O'zbek-ingliz tarjimasi.

Bundan tashqari, oliygoh huzurida o'zbek tili va adabiyoti Ilmiy-tadqiqot instituti faoliyat ko’rsatadi.

Oliygoh filologlar, ilmiy-pedagogik kadrlar, yuqori malakali tarjimonlar etishtirib beradi, ilmiy-tadqiqot faoliyatini yuritadi, soha mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan shug'ullanadi, shuningdek, ko'rsatilgan yo'nalishlar bo'yicha ilmiy va o'quv-metodik materiallar tayyorlab beradi.

Yangi universitetda o'quv jarayoni 2016-2017 o'quv yilidan boshlab tashkil etiladi.

Universitetning markaziy binosi oldidagi maydonda ulug' shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykalini o'rnatish rejalashtirilgan.

 



Aloqador xabarlar