Bosh vazir Ahmet Davuto’g’luning yechim yo'li takifi...

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’lu, Turkiya (o’z ) chegaralari oyoq ostiga olinib Suriyadagi Bayirbujak Turkmanlarning bombalanishiga tomoshabin bo’la olmas.

400526
Bosh vazir Ahmet Davuto’g’luning  yechim  yo'li takifi...

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’lu, Turkiya (o’z ) chegaralari oyoq ostiga olinib Suriyadagi Bayirbujak Turkmanlarning bombalanishiga tomoshabin bo’la olmas.
Ahmet Davuto’g’lu, rasmiy bir safar munosabati bilan borgan Bakudagi uchrashuvlarining ikkinchi kunida, Ozarbayjon diplomatiya akademiyasida “Global sinovlar qarshisida Turkiya- Ozarbayjon strategik sherikligi” mavzuli majlisda ma’ruza qildi.
Davuto’g’lu, Rossiya, Suriyada hujum qilgan mintaqada DEASH emas, Turkiyaning himoyasidagi Turkmanlar bo’lgan mavzusida Ruslarning ogohlantirdik dedi.
Bosh vazir Davuto’g’lu,
“Turkmandog’ida Turkmanlar qatil etilar ekan chegaralarimizni oyoq ostiga olib ushbu ma’sumlarni qatil etishlariga albatta ruxsat bera olmas edik.
Chegaralarimiz orqali Turkmanlarning bombalanishiga tomoshabin qola olmas edik. Turk samolyoti Turk F- 16lari tomonidan urib tushirilganini ) 24 noyabr kuni, 3 marotaba Turkmandog’ini bombaladilar” deb aytdi.
Bosh vazir Davuto’g’lu, Rossiya davlat prezidenti Vladimir Putinga ham chaqirig’i bordi.
-“ Masalalarni yuzma yuz muhokama qilaylik. Sovuq urush davrini eslatgan propagandani bir tomonga qo‘yaylik” dedi.
Turk va Rus xalqlari o’rtasida hech bir muammo bo’lmaganini va bo’lmadi deb ta’kidlagan Davuto’g’lu,
Rus xalqiga qarshi kichik bir taraddud, qayg’u yoki eng kichik salbiy hissiyotda emasmiz.
Rossiya xalqi sharafli bir xalqdir, biz unga hurmat qilamiz deb ifoda etdi.
Rus rasmiylarini esa iqtisodiy hamkorlikni orttirishga chaqirgan Ahmet Davuto’g’lu,

“ Boshqa o’lkalar o’zlariga embargo tatbiq etganda mamnun bo’lmagan Rossiya, O’zi qaytib Turkiyaga
embargo tatbiq etishi katta bir ziddiyatdir dedi . Iqtisodiy embargolar Turkiya kabi sharafli bir o’lkani, Turk millatini tiz cho’ktiramiz degan niyat bor esa xato qiladilar” deb bildirdi.
Turkiya Qorabog’ muammosi mavzusida Ozarbayjonga bergan himoyasining davom etganini ham bildirgan Bosh vazir
Ozarbayjonning ishg’ol ostidagi tuproqlarining qut ilishigacha Turkiya har zamon Ozarbayjonning yonida bo’ladi.
Bosh vazir Davuto’g’lu, Armanistonga ham bir chaqirig’i bordi.
“Sizga oid bo’lmagan tuproqlarni tinchlik sevar yo’l bilan oid bo’lganga beradigan bir tinchlik jarayoni boshlatishingiz kerak, Turkiya- Gruziya- Ozarbayjon o’rtasida tashkil topgan tinchlik va ittifoqqa siz ham qo’shila olasiz. Dedi.
Baku- Tbilisi- Jeyhan Kaspiy dengizi bilan O’rta yer dengizini birlashtirgan va energiya quvurlari muhim bir alternativa sohada tashkil etganini ifoda etgan Davuto’g’lu, Baku- Tbilisi- Erzurum, Baku- Tbilisi Kars temir yo’llari energiya va transport tarmog’ida Kaspiy Onado’li bilan birlashtirganda bu ikki muhim loyiha bilan Yevrosiyoni bir uchdan boshqa bir uchga borishga qarorli ekanini anglatdi.
Bosh vazir Ahmet Davuto’g’lu,
“Uzoq yillar ustida to’xtalgan Kaspiy tabiiy gazi Yevropaga yetkazish loyihasi sifatida oldindan Nabucco va boshqa loyihalar kun tartibiga keldi faqat afsuski Yevropa ittifoqi yetarli aloqa ko’rsatmasligi sababi bilan to’xtab qoldi. Faqat Turkiya bilan Ozarbayjon birgalikda, TANAPda kelishuvga borgach, TANAP orqali bu safar TAP loyihasi bilan Kaspiy Dengizi Adriatikaga bog’landi. U yerdan barcha Yevropaga. Bu esa yangi bir yo’ldir. Biz o’tmishda Ipek yo’li orqali karvonlar o’tgan har koridor bu safar quvurlar bilan va tez poyezdlar bilan birlashtiradi.” Dedi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar