1-Noyabr kuni saylov...

Turkiyada, 26-Davr Parlament a'zolarini saylash uchun 1-Noyabr kuni saylov bo'ladi.

404399
1-Noyabr kuni saylov...

Saylovda, 54 million 49 ming 940 saylovchi, jami 175 ming 6 saylov okrugida ovoz beradi.

Saylovda, 16 siyosiy partiya va 21 mustaqil nomzod qatnashmoqda.

Oliy Saylov Kengashining qarorga binoan 1-Noyabr kuni Sharqi va Janubi Sharqi Onado'li hududida ovoz berish 07:00 dan 16:00 orasida, boshqa hududlarda esa 08:00 bilan 17:00 orasida o'tkaziladi.

Ovoz berish soati nihoyasiga yetganda ovoz berish uchun kutgan saylovchilar saylov kengashi rahbari saylovchilarni sanab kimliklarini so'ragandan keyin ovoz berishiga ruxsat beriladi.

Saylov qog'ozchasini bo'lmagan insonlar ham ovoz bera oladi. Saylov qog'ozi bo'lmagan lekin qayitli insonlar, kimlik hujjati bilan ovo berishi mumkin.

Turkiya Respublikasi kimlik hujjati, rasmiy maqomlar tomonidan berilgan rasmiy tamg'ali hujjat, pasport, nikoh guvohnomasi, askarlik guvohnomasi, haydovchi hujjati kabi guvohnomalar bilan saylovchi ovoz berishga borishi mumkin.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar