Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe O’zbekistonda...

Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan qabul qilindi.

399750
Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe O’zbekistonda...

Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe O’zbekistonga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.
Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Shinzo Abe tashrifi chog’ida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan qabul qilindi.
Qabul chog’ida, O’zbekiston bilan Yaponiya o’rtasidagi o’zaro aloqalar, O‘zbekiston va Yaponiya hamkorligini yanada rivojlantirishga oid keng ko‘lamli masalalar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro siyosatga doir dolzarb muammolar muhokama qilindi.
Ziyorat chog’ida, O’zbekiston bilan Yaponiya o’rtasida energiya, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan hukumatlararo shartnomalar imzolandi.
Shinzo Abe va Islom Karimov uchrashuvdan so’ng, mushtarak matbuot anjumani o’tkazdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Yaponiyaning O’zbekiston iqtisodiyotiga qo’shgan sarmoyasi bilan texnik va insonparvarlik yordamlarining ahamiyatiga to’xtaldi.
Qolaversa, ikki davlatning global va mintaqaviy masalalar bo’yicha hamfikr ekaniga e’tibor qaratdi.
O’zbekiston Yaponiya uchun qimmatli do’st va hamkor davlat ekanini tilga olgan Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe tashrifi ikki davlat aloqalarining yana ham rivojlanishiga katta hissa qo’shishini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar