Qirg’iziston bilan Amerika munosabatlariga darz ketdi

Qirg’izistonda umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan o’zbek millatiga mansub Azimjon Askarovga AQSH kotibligi tomonidan “2015 yil Inson huquqlari himoyachisi” mukofoti berilgani ikki davlat o'rtasiga nifoq soldi.

384310
Qirg’iziston bilan Amerika munosabatlariga darz ketdi

Qirg’izistonda umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan o’zbek millatiga mansub Azimjon Askarovga AQSH kotibligi tomonidan “2015 yil Inson huquqlari himoyachisi” mukofoti taqdim etildi.
Bu esa, Qirg’iziston bilan Amerika munosabatlariga salbiy ta’sir ko’rsatdi.
Qirg’iziston hukumati tahminan 20 yildan beri davom etib kelgan hamkorlik shartnomasini bir tomonlama bekor qildi.
Qirg’iziston Bosh vaziri Temur Sariyev 1993 yili Amerika hukumati bilan imzolangan shartnomaning bekor qilinishiga doir qarorni imzoladi.
Mazkur shartnoma qarorga binoan, joriy yilning 20 avgust kunidan e’tiboran o’z kuchini yo’qotadi.
Bu vaziyat Amerika hukumati tomonidan tanqid qilindi.
Amerika rasmiylari ushbu holat sababli umidlari puchga chiqqanini va davlatlar o’rtasida davom etgan bir qator loyihalar zarar ko’rishi mumkinligini bildirdi.
Amerikaga katta imkoniyat bergan mazkur shartnomaning bekor qilinishi Qirg’izistonning nigohi Rossiyaga qaratilgani haqidagi mulohazalarga sabab bo’lmoqda.
Yevrosiyo İqtisodiy Ittifoqi bilan bog’liq shartnomalarni imzolagan Qirg’iziston hukumati, kelgusida Rossiya, Belorusiya, Qozog’iston va Armaniston ishtirokidagi ittifoqqa a’zo bo’lishi kutilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar