Efiopiyada Qozog’iston elchixonasi ochildi

Kuni kecha Efiopiyaning poytaxti Addis Ababada Qozog’iston elchixonasining tantanali ravishda rasmiy ochilishi bo’lib o’tdi.

272513
Efiopiyada Qozog’iston elchixonasi ochildi



Qozog’istonning Efiopiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yerlik Ali ochilish marosimida so’zga chiqdi.
Yerlik Ali so’zlagan nutqida, “Addis Ababada ochilgan elchixonamiz Qozog’istonning Afrikadagi uchinchi vakolatxonasidir”-dedi.
Qozog’istonning Efiopiyadagi elchixonasi ayni paytda Keniya va Jibutida ham tan olinganini bildirgan qozoq elchi, “Elchixonamiz ikki davlat o’rtasida diplomatik aloqalar, iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirishga hissa qo’shadi. Qozog’iston bilan Afrika davlatlari o’rtasida bir qator rejalarni amalga oshirishimiz kerak”-dedi.
Qozog’iston Tashqi ishlar vaziri Erlan İdrissov 2013 yili Abbis Ababaga amalga oshirgan rasmiy ziyorati chog’ida, Efiopiya Tashqi ishlar vaziri Tedros Adhanom bilan uchrashib, Qozog’istonning Efiopiyada o’z elchixonasini ochishiga doir kelishuv shartnomasini imzolagan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar