Nursulton Nazarbayev prezidentlikka takror nomzodini ko’rsatdi

Nazarbayev poytaxt Astanada o’tkazilgan Nur Otan partiyasining 16-kongressida partiyasi tomonidan prezidentlikka takror nomzodini ko’rsatishiga doir taklifni qabul qildi.

258471
Nursulton Nazarbayev prezidentlikka takror nomzodini ko’rsatdi

Qozog’iston Respublikasida yaqinlashib kelayotgan prezidentlik sayloviga katta tayyorgarlik ketmoqda.
Qozog’iston Prezidenti Nursulton Nazarbayev joriy yilning 26 aprel kuni o’tkaziladigan prezidentlik sayloviga takror o’z nomzodini ko’rsatishini ma’lum qildi.
Nazarbayev poytaxt Astanada o’tkazilgan Nur Otan partiyasining 16-kongressida partiyasi tomonidan prezidentlikka takror nomzodini ko’rsatishiga doir taklifni qabul qilganini bildirdi.
Qozog’istonda 820 nafar etnik jamiyatni o’z ichiga olgan Xalqlar Assambleyasi o’tgan oy to’planib, kelgusi yil o’tkazilishi rejalangan prezidentlik saylovining muddatdan oldinga ko’chirilishini taklif qilgan edi.
Nazarbayev boshchiligidagi Nur Otan partiyasi ushbu taklifni qo’llab quvvatlagan edi.
Partiya tomonidan tayyorlangan muddatdan oldin saylov o’tkazish to’g’risidagi qonun taklifi majlisda qabul qilingan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar