Qozog’istonning sobiq davlat elchisi o’z joniga qasd qildi

Medekspertiza natijalari Qozog’istonning Avstriyadagi sobiq elchisi Rakhat Aliyevning o’z joniga qasd qilganini ko’rsatadi.

239374
Qozog’istonning sobiq davlat elchisi o’z joniga qasd qildi



Anadolu Xabar agentligi ma’lum qilishicha, Avstriyaning poytaxti Venadagi qamoqxonada jazo muddatini o’tayotgan Qozog’iston Prezidenti Nursulton Nazarbayevning sobiq kuyovi va Qozog’istonning Avstriyadagi sobiq elchisi Rakhat Aliyevning qamoqxona hujrasida o’ligi topilgan.
Prokuraturadan olingan ma’lumotga ko’ra, Aliyevning sirli o’limiga doir medekspertiza hulosasi yakunlandi.
Hulosada, Aliyevning qasddan o’ldirilganiga doir hech qanday dalil topilmagani va aksincha, mahbus o’z joniga qasd qilganidan shubha yo’qligi yozilgan.
Joriy yilning 24 fevral kuni tongi soat 07:20da Josefstadt qamoqxonasidagi hujrasida Rakhat Aliyevning o’ligi topilgan edi.
Aliyevning qasddan o’ldirilganini ilgari surgan advokatlari o’lim sababi medekspertiza hulosasidan so’ng aniqlanishini ma’lum qilgan edi.
Qozog’istonda “Jinoyatga qo’l urish va davlatni to’ntarishga tashabbus” ko’rsatganlikda ayblanib jinoiy javobgarlikka tortilgan Aliyev 2014 yili Venada qo’lga olinib, 40 yil qamoq jazosiga mahkum qilingan edi.
Vena sudi Aliyevni Qozog’istonga qaytarib berishi yoki bermasligiga doir biron qaror qabul qilishi kutilayotgan edi.
Avstriya Qozog’istonning bu haqdagi talabini Aliyevning Qozog’istonda adolatli sud qilinmasligi sababi bilan ikki marta qabul qilmagan edi.
Qozog’iston Prezidenti Nursulton Nazarbayev tomonidan 2007 yili Qozog’istonning Avstriyadagi elchisi etib tayinlangan Aliyev ustidan “Qozoq Nurbank”ning ikki boshqaruvchisining bedarak yo’qolishi sababi bilan ochilgan tergov doirasida “İshkanja, odam o’g’irlash va jinoyatga tashabbus” ayblovi bilan jinoiy ish qo’zg’atilgan edi.
Qozog’iston hukumati Aliyevni barcha rasmiy lavozimlaridan chetlatib, diplomatik daxlsizligini bekor qilgach, qo’lga olinishi talabi bilan 26 may kuni xalqaro miqyosda qidiruv e’lon qilgan edi.
Mahfiy xavfsizlik tashkiloti rahbari bilan birga hukumatni to’ntarishga tashabbus moddasiga binoan ham sudlangan Aliyev ikki jinoiy ish bo’yicha 20 yildan 40 yilgacha qamoq jazosiga mahkum qilingan edi.
Bo’yniga qo’yilgan jinoiy javobgarlikni tan olmagan va siyosiy tazyiqlarga uchraganini ilgari surgan Aliyev 2013 yili yozgan kitobida Nazarbayevni mamlakatdagi siyosiy muholiflarni o’ldirganlikda ayblagan edi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar