Sharqiy Turkistonda bir uyg’ur otib oldirilgan

Xitoy hukumati terrorizm bahonasi bilan tez tez uyg’ur turklariga qarshi inson haqlari huquqini poymol qilmoqda...

158703
Sharqiy Turkistonda bir uyg’ur otib oldirilgan

“Sharqiy Turkiston” degan nom bilan ham tanish bo’lgan Xitoyning Sinzyan-Uyg’ur avtonom viloyatida militsiya tomonidan uyg’ur millatiga mansub bir fuqaroning otib oldirilganligi haqida ma’lumot tarqatilgan.

Voqea, Xitoyning Guangxi hududida maydonga kelgan.

Ushbu voqeaga ko’ra, uyg’ur millatiga mansub 22 kishilik bir guruh, Vietnamga, noqonuniy yollar orqali o’tmoqchi bo’lganlar. Xuddi osha vaqtda, ularga militsiya mudoxala qilar ekan guruhdan biri unga qarshi pichoq chiqargan. Natijada pichoq chiqargan kishi otib oldirilib, qolgan 21 kishi esa nazoratga olingan.

Xitoy rahbariyati, krizisni, “ichki xavfsizlik va terrorizm muammosi” deya izohlar ekan atalgan guruhni terrorizm bilan aloqasi borligini o’rtaga tashlaydi.

İnson haqlarini himoya qiluvchilar esa Xitoyni zulum, shiddat va assimilyatsiya bilan ayblaydi.

Xitoyning uyg’ur turklariga qarshi olib borgan siyosati uzoq vaqtlargacha xalqaro platformalarda muhokama mavzusi bo’ldi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar